AQŞ Milliy razvedkasida katta “tozalaş” boşlandi – CNN
AQŞ Milliy razvedkasiga yangi rahbar kelganidan söng ommaviy işdan böşatişlar boşlandi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Vaziyatdan xabardor manbaning naşrga malum qilişiça, idora rahbari vazifasini bajaruvçi Uilyam Pulte ştatlarni qisqartiriş böyiça işlarni boşlagan. Işdan böşatilganlarning aniq soni nomalum, biroq avvalroq manbalar yuzlab xodimlar qisqartirilişi mumkinligi haqida gapirgan.
Qayd etilişiça, ötgan hafta Pulte yangi iş joyiga bir kun oldin kelgan va oldindan boşqarmaning barça xodimlari röyxatini sörab olgan, bu esa hatto lavozimini tark etayotgan direktor Tulsi Gabbardni ham hayratda qoldirgan.
Manbaning sözlariga köra, qisqartirişlar Milliy aksilterror markazi va Milliy aksilrazvedka va xavfsizlik markaziga daxl qilişi mumkin.
Malumot uçun, Pulte 19 iyun kuni lavozimiga kirişgan bölib, u umumiy hisobda 18 ta razvedka agentligini nazorat qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard AQŞ Prezidenti Donald Tramp nomiga yozilgan istefo haqidagi arizasini elon qilgandi. U bu qarorini turmuş örtoği Avraamda suyak saratonining kam uçraydigan turi aniqlangani bilan izohlagan.