“75 lar işi” böyiça 90 ga yaqin guvoh söroq qilinadi
Bugun, 22 iyun kuni hokimiyatni zöravonlik bilan egallaşga tayyorgarlik köriş va mansab vakolatlarini suiistemol qiliş işi böyiça sud majlisi boşlanişidan avval Jogorku Keneş sobiq spikeri Nurlanbek Turğunbek öğlining advokati Latipbek Nurolimov jarayon doirasida 90 ga yaqin guvohni söroq qiliş rejalaştirilganini malum qildi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Advokatning sözlariga köra, guvohlarning soni köpligi sababli işning körib çiqilişi uzoq vaqt talab qilişi mumkin, sud qarorining çiqarilişini esa uzoq kutişga töğri keladi.
Malumot uçun, mazkur jinoyat işi “75 lar xati” deb nomlangan hujjat – bir guruh siyosatçilar va jamoat arboblarining murojaati bilan boğliq bölib, tergov talqiniga köra, unda hokimiyatni almaştirişga davat qiliş belgilari mavjud bölgan.
Iş böyiça ayblanuvçilar qatorida Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) sobiq rahbari Qamçibek Taşiyev, sobiq boş prokuror Qurmanqul Zuluşev, Jogorku Keneş sobiq spikeri Nurlanbek Turğunbek öğli, şuningdek, mamlakatning bir qator sobiq siyosatçilari bor. Ularga hokimiyatni zöravonlik bilan egallaşga tayyorgarlik köriş va mansab vakolatlarini suiistemol qiliş ayblovlari qöyilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğiziston Jogorku Keneşi törağasi Marlen Mamataliyev “75 lar xati” böyiça olib borilayotgan suriştiruv tafsilotlarini sözlab bergan. Xususan, u xatning parlamentga kelib tuşiş stsenariysi oldindan rejalaştirilganini va barça manfaatdor şaxslar uni parlamentda kutişganini malum qilgan edi.
Taşiyev istefosi
Joriy yilning 10 fevral kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi – Boş vazir örinbosari Qamçibek Taşiyev Prezident Sadir Japarovning farmoni bilan lavozimidan ozod etildi. U öz qarorini “jamiyatda bölinişga yöl qöymaslik” istagi bilan izohladi. Qamçibek Taşiyevning özi bu haqda Germaniyada yurak operatsiyasidan söng rejali tekşiruvda bölganida xabar topganini malum qildi.
Taşiyev ortidan uning birinçi örinbosari Qurbonbek Avazov, kiberxavfsizlik markazi direktori Daniel Risaliyev va Antiterror markazi direktori Elizar Smanov işdan olindi. Abdukarim Alimboyev Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) raisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilib, Davlat çegara xizmati raisi etib tayinlandi. Uning örnini Xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimida işlab kelayotgan Rustam Mamasadiqov egalladi.
2020 yildan buyon Milliy xavfsizlik davlat qömitasining 9-xizmati boşliği va rais örinbosari lavozimida işlab kelgan Jumgalbek Şabdanbekov Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi.
Şuningdek, şu kunning özida Çegara xizmati davlat qömitasi tarkibidan çiqarildi.
Japarov va Taşiyev tandemi
Malumot uçun, Qamçibek Taşiyev 2020 yil 16 oktyabr kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi etib tayinlangan edi. Farmonni 2020 yil 5–6 oktyabr voqealaridan söng prezident vazifasini bajaruvçi sifatida Sadir Japarov imzolagan.
Qamçibek Taşiyev va amaldagi Prezident Sadir Japarov örtasidagi köp yillik munosabatlar mamlakatdagi eng barqaror va tasirli siyosiy ittifoqlardan biri sifatida baholanib kelgan. Ularning hamkorligi hokimiyat tepasiga kelişidan ança oldin boşlangan: 2010 yillar boşida ular bir neça bor siyosiy jarayonlarda bir tomonda bölgan, 2012 yildagi umumiy jinoiy epizodni ham birga boşdan keçirgan, bu esa ularning şaxsiy yaqinligini yanada mustahkamlagan.
2020 yil oktyabr voqealaridan söng tandem yakuniy şaklga keldi: Sadir Japarov Prezident lavozimini egalladi, Qamçibek Taşiyev esa MXQ rahbari etib tayinlanib, kuç blokining asosiy tayançiga aylandi. Aynan u eng şov-şuvli işlarni nazorat qilgan, kuç siyosatini şakllantirgan va amalda Prezident jamoasining eng yaqin işonçli şaxslaridan biri bölib kelgan.
Ekspertlar orasida ularning ittifoqi köpinça mamlakatdagi eng mustahkam siyosiy duet deb atalardi, Qamçibek Taşiyev atrofidagi har qanday kadr özgarişlari esa hokimiyat konfiguratsiyasidagi jiddiy özgarişlar belgisi sifatida qabul qilinar edi.
Sönggi paytlarda siyosiy doiralarda maxsus xizmat rahbarining bölajak Prezident saylovlarida iştirok etişi mumkinligi haqida miş-mişlar tarqalgan edi. Qamçibek Taşiyev esa bir neça bor prezidentlik poygasida qatnaşmoqçi emasligini va Sadir Japarovni qöllab-quvvatlaşini malum qilgan.