“75 lar xati”. Parlament apparati yangi tafsilotlarni oçiqladi
Qirğizistonning Bişkek şahri Birinçi may tuman sudida Milliy xavfsizlik davlat qömitasining sobiq rahbari Qamçibek Taşiyev, sobiq boş prokuror Qurmanqul Zuluşev, Jogorku Keneşning sobiq spikeri Nurlanbek Turgunbek öğli va boşqa figurantlar ayblanayotgan “75 lar xati” deb nomlangan iş böyiça sud jarayoni davom etmoqda. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Qayd etilişiça, bugun, 15 iyun kuni ertalab sud OAV vakillarining iltimosnomasini qanoatlantirgan hamda jarayonni foto va videoga olişga ruxsat bergan. Şuningdek, Emilbek Uzoqboyevning himoyaçilari tomonidan uning soğliği yomonlaşgani sababli ehtiyot çorasini özgartiriş böyiça kiritilgan iltimosnomasi ham körib çiqilgan. Advokatlar tibbiy ekspertiza ötkazişni talab qilmoqda va ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan ehtiyot çorasini tanlaşni söramoqda. Uşbu masalani körib çiqiş davom etmoqda.
Tuşlikdan söng sud işni mazmunan körib çiqişga va guvohlarni söroq qilişga kirişgan. Majlis davomida Jogorku Keneş apparati xodimlari tinglangan, ular “75 lar xati” deb ataluvçi hujjatning kelib tuşişi va röyxatdan ötkazilişi holatlari haqida gapirib bergan.
Parlament xodimasi Mariya Isanovaning malum qilişiça, hujjat Jogorku Keneşga 11 fevral kuni tuşgan va röyxatga olingan. Uning sözlariga köra, öşa paytda spiker Nurlanbek Turğunbek öğli xizmat safarida bölgan va xat böyiça heç qanday körsatma bermagan.
Röyxatga oliş sektori konsultanti Mayramgul Taştanovaning aytişiça, xat dastlab qabul qiluvçi körsatilmagan holda yuborilgan, şu sababli uni röyxatdan ötkazişning imkoni bölmagan. Uning bildirişiça, sektor mudiri Gulmira Qirbaşeva telefon orqali nomalum erkak kişi bilan boğlangan va şundan söng hujjatga qabul qiluvçining ismi-şarifi kiritilgan.
Yana bir guvoh – parlament apparati xodimasi Aida Mambetovaning sözlab berişiça, xat sohaviy qömitaga 13 fevral kuni tuşgan, 18 fevralda esa kun tartibidan olib taşlangan. Uning sözlariga köra, hujjatda muddatidan oldin saylovlar ötkaziş va prezidentlik vakolatlarini muddatidan avval tugatiş töğrisidagi taklif mavjud bölgan.
Majlis davomida malum bölişiça, xatni Jogorku Keneşga Emilbek Uzakbayevning haydovçisi yetkazib bergan.
Sud suriştiruvi davom etmoqda. Ötgan haftada sud iş materiallaridan maxfiylik grifini olib taşlagan edi va 15 iyun kuni “75 lar xati” işi böyiça majlis ilk bor oçiq tartibda bölib ötmoqda.
Eslatib ötamiz, uşbu jinoyat işi “75 lar xati” – bir guruh siyosatçilar va jamoat arboblarining murojaati bilan boğliq bölib, tergov talqiniga köra, unda hokimiyatni almaştirişga bölgan çaqiriqlar alomatlari mavjud bölgan. Iş figurantlari orasida MXDQ sobiq rahbari Qamçibek Taşiyev, sobiq boş prokuror Qurmanqul Zuluşev, Jogorku Keneş sobiq spikeri Nurlanbek Turgunbek öğli, şuningdek, mamlakatning bir qator sobiq siyosatçilari bor. Ularga nisbatan hokimiyatni zörlik bilan tortib olişga tayyorgarlik köriş va mansab vakolatlarini suiistemol qiliş ayblovlari ilgari surilgan.
Taşiyev istefosi
Joriy yilning 10 fevral kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi – Boş vazir örinbosari Qamçibek Taşiyev Prezident Sadir Japarovning farmoni bilan lavozimidan ozod etildi. U öz qarorini “jamiyatda bölinişga yöl qöymaslik” istagi bilan izohladi. Qamçibek Taşiyevning özi bu haqda Germaniyada yurak operatsiyasidan söng rejali tekşiruvda bölganida xabar topganini malum qildi.
Taşiyev ortidan uning birinçi örinbosari Qurbonbek Avazov, kiberxavfsizlik markazi direktori Daniel Risaliyev va Antiterror markazi direktori Elizar Smanov işdan olindi. Abdukarim Alimboyev Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) raisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilib, Davlat çegara xizmati raisi etib tayinlandi. Uning örnini Xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimida işlab kelayotgan Rustam Mamasadiqov egalladi.
2020 yildan buyon Milliy xavfsizlik davlat qömitasining 9-xizmati boşliği va rais örinbosari lavozimida işlab kelgan Jumgalbek Şabdanbekov Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi.
Şuningdek, şu kunning özida Çegara xizmati davlat qömitasi tarkibidan çiqarildi.
Japarov va Taşiyev tandemi
Malumot uçun, Qamçibek Taşiyev 2020 yil 16 oktyabr kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi etib tayinlangan edi. Farmonni 2020 yil 5–6 oktyabr voqealaridan söng prezident vazifasini bajaruvçi sifatida Sadir Japarov imzolagan.
Qamçibek Taşiyev va amaldagi Prezident Sadir Japarov örtasidagi köp yillik munosabatlar mamlakatdagi eng barqaror va tasirli siyosiy ittifoqlardan biri sifatida baholanib kelgan. Ularning hamkorligi hokimiyat tepasiga kelişidan ança oldin boşlangan: 2010 yillar boşida ular bir neça bor siyosiy jarayonlarda bir tomonda bölgan, 2012 yildagi umumiy jinoiy epizodni ham birga boşdan keçirgan, bu esa ularning şaxsiy yaqinligini yanada mustahkamlagan.
2020 yil oktyabr voqealaridan söng tandem yakuniy şaklga keldi: Sadir Japarov Prezident lavozimini egalladi, Qamçibek Taşiyev esa MXQ rahbari etib tayinlanib, kuç blokining asosiy tayançiga aylandi. Aynan u eng şov-şuvli işlarni nazorat qilgan, kuç siyosatini şakllantirgan va amalda Prezident jamoasining eng yaqin işonçli şaxslaridan biri bölib kelgan.
Ekspertlar orasida ularning ittifoqi köpinça mamlakatdagi eng mustahkam siyosiy duet deb atalardi, Qamçibek Taşiyev atrofidagi har qanday kadr özgarişlari esa hokimiyat konfiguratsiyasidagi jiddiy özgarişlar belgisi sifatida qabul qilinar edi.
Sönggi paytlarda siyosiy doiralarda maxsus xizmat rahbarining bölajak Prezident saylovlarida iştirok etişi mumkinligi haqida miş-mişlar tarqalgan edi. Qamçibek Taşiyev esa bir neça bor prezidentlik poygasida qatnaşmoqçi emasligini va Sadir Japarovni qöllab-quvvatlaşini malum qilgan.