Rossiya Ğarbning qoidalariga böysunmaydi – Putin
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ğarb davlatlari olib borayotgan siyosatni qattiq tanqid qilib, Yevropani boşqa davlatlarning içki masalalariga aralaşganlikda aybladi. Bu haqda Kreml rahbari “Primakovskiye çteniya” forumiga yöllagan maktubida aytib ötdi.
Uning sözlariga köra, Ğarb özini dunyoga tartib va qonun örnatayotgan taraf sifatida körsatadi, ammo aslida boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşib, ularga bosim ötkazişga harakat qilmoqda.
“Ğarb davlatlari dunyo qoidalarga asoslangan bölişi kerakligini iddao qiladi. Lekin bu gaplar ortida boşqa davlatlarning mustaqilligini hurmat qilmaslik, ularning içki işlariga aralaşiş va taşqi siyosatini özgartirişga majburlaş kabi niyatlar yaşiringan. Rossiya va dunyodagi köplab mamlakatlar bunday qoidalarni mutlaqo qabul qilmaydi”, degan Putin.
Rossiya Prezidenti dunyoda barça davlatlar teng bölişi, har bir mamlakat öz taraqqiyot yölini mustaqil tanlaşi kerakligini takidlagan. U xalqaro huquq ustuvor bölişi va bu qonunlar barça davlatlar uçun bir xil amal qilişi lozimligini aytgan.
Putin, şuningdek, BMT Xavfsizlik Kengaşining obrösi va vakolati saqlanib qolişi muhim ekanini ham qayd etgan.
Putinning yordamçisi Yuriy Uşakov esa Ğarbni xalqaro tartibni buzayotganlikda ayblagan. Uning sözlariga köra, Ğarb davlatlari turli sanktsiyalarni tinimsiz joriy qilmoqda va özlari tuzgan qoidalarni faqat öz manfaatlari uçun talqin etyapti.
“Ular qoidalarga asoslangan tartib haqida gapiradi. Ammo amalda bitta qoida işlayapti: kim kuçli bölsa, öşa xohlaganini qiladi”, degan Uşakov.
Rossiya rahbari avval ham bir neça bor dunyo bir markazga böysunmasligi, aksinça köp qutbli tizim şakllanişi kerakligini aytgan. Uning fikriça, kelajakdagi dunyo tartibi faqat tenglik, özaro hurmat va barça davlatlarning manfaatlarini hisobga oliş asosida qurilgandagina adolatli böladi.
Putinning takidlaşiça, hozir yangi dunyo tartibi şakllanmoqda va unda milliy mustaqillikni qadrlaydigan davlatlarning örni tobora kuçayib bormoqda.
Malumot uçun, “Primakovskiye çteniya” – 2015 yildan beri Moskvada ötkazib kelinayotgan yirik xalqaro ilmiy-ekspert forumi sanaladi. Forum maşhur rus siyosatçisi, diplomat va olim Yevgeniy Primakov xotirasiga bağişlangan bölib, uni Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti (IMEMO) taşkil etadi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 18 iyun kuni Yevropa Ittifoqi yetakçilari Bryusselda bölib ötgan sammitda Rossiyaga qarşi sektorli sanktsiyalarni avvalgi kabi 6 oy emas, balki bir yil muddatga uzaytirişga kelişib olgandi.
Qabul qilingan qarorga köra, YeI tarixida birinçi marta Rossiyaga qarşi sektorli sanktsiyalar 12 oylik muddatga uzaytirilmoqda. Şu vaqtgaça mazkur çeklovlar har olti oyda qayta körib çiqilar edi.