Putin AQŞning Rossiyaga qarşi yangi sanktsiyalariga munosabat bildirdi
24-10-2025, 08:28
685 марта
Putin AQŞning Rossiyaga qarşi yangi sanktsiyalariga munosabat bildirdi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQŞ tomonidan Rossiya Federatsiyasiga qarşi yangi sanktsiyalar joriy etilişi mamlakat iqtisodiyotining holatiga sezilarli tasir körsatmasligini aytdi. Bu haqda u bugun, 23 oktyabr kuni Rus geografik jamiyatining XVII qurultoyidan keyingi matbuot anjumanida söz oçdi.
Rossiya Prezidenti sanktsiyalar joriy etilişini Rossiyaga bosim ötkazişga uriniş deb atagan.
“Heç bir özini hurmat qiladigan mamlakat heç qaçon bosim ostidan biror iş qilmaydi”, deydi Putin.
Uning aytişiça, Rossiyaning jahon energetika muvozanatidagi hissasi juda katta. Putin Rossiya va Saudiya Arabistoni köproq neft va neft mahsulotlarini sotayotganini, AQŞ esa ularni köproq istemol qilayotganini bildirgan. Rossiya Prezidentining qöşimça qilişiça, hozirda jahon energetika muvozanati şakllangan, uni buziş – buni amalga oşirişga urinayotgan davlatlarning manfaatiga zid.
Şuningdek, u AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan Rossiya nefti yetkazib beriş holatining jahon narxlariga, jumladan AQŞdagi narxlarga tasiri haqida suhbatlaşganini malum qilgan. Putin, şu bilan birga, Rossiya va AQŞ bosimdan voz keçib, uzoq muddatli jiddiy muloqot yöliga ötsa, hamkorlik qiliş uçun köplab yönalişlar borligiga işonç bildirgan.
Bundan taşqari, Rossiya Prezidenti Tramp özining birinçi prezidentlik davrida Rossiyaga qarşi eng köp sanktsiyalar joriy etganini eslatgan. Uning sözlariga köra, muloqot har doim qarama-qarşilik, tortişuv yoki uruşni davom ettirişdan yaxşiroq.