Qrim ommaviy dronlar hujumiga uçradi
Anneksiya qilingan Qrimning ğarbiy va şimoliy qismidagi Yevpatoriya, Jankoy va qator boşqa aholi punktlari hujumga uçradi va aholi elektrsiz qoldi. Bu haqda “Qrimenergo” xabar berdi.
Qayd etilişiça, kompaniya elektr taminotidagi muammolarni elektr tarmoqlaridagi texnologik buzilişlar bilan izohlagan va tizimni bir kun içida tiklaşga vada bergan. Bu orada Ukrainaning monitoring yurituvçi Telegram-kanallari Qrimga dronlarning navbatdagi ommaviy hujumi uyuştirilgani haqida xabar bergan. Anneksiya qilingan respublika Rossiya Mudofaa vazirligining tungi havo hujumiga uçragan hududlar haqidagi hisobotida ham qayd etilgan.
“Krimskiy veter” kanali mahalliy aholiga tayanib xabar berişiça, tunda Feodosiya, Kerç, Krasnoperekopsk va Şyolkino hududida portlaş tovuşlari eşitilgan. “Supernova+” malumotlariga köra, Kerç portidagi neft bazasi, “TES-Terminal” neft mahsulotlarini qayta yuklaş va saqlaş majmuasi, şuningdek, Kerç böğozining Rossiya tomonidagi “Kavkaz” porti takroriy zarba ostida qolgan.
Şuningdek, Kerçdagi “Nasosnaya-2” podstantsiyasida, “Yujnaya” temir yöl vokzalida va Arşintsevodagi IES hududida yonğinlar sodir bölgan. “The Insider” naşri NASAning “FIRMS” suniy yöldoş monitoringi tizimi malumotlarini tahlil qilib, uşbu hududlarning bazilarida termik anomaliyalar mavjudligini tasdiqlagan. Hozirça rasmiy izoh berilmagan.
Malumot uçun, joriy yilning 21 iyun kuni ham Qrimning bir qismi çiroqsiz qolgan edi. Öşanda, yarim orolga dronlar hujum qilgan kuni “Qrimenergo” elektr tarmoqlari şikastlangani va Şimoli-Ğarbiy, Markaziy hamda Janubiy qirğoq energiya hududlari istemolçilari qisman tarmoqdan uzilganini malum qilgan.
21 iyundagi hujumdan keyin anneksiya qilingan Qrimning Rossiya tomonidan tayinlangan rasmiylari oçiq savdoda benzin qolmagani haqida ham xabar bergan. Yarim oroldagi vaziyat tufayli bolalarning yozgi lagerlarga borişi bekor qilingan, Kerçda esa qöşimça çeklovlar, jumladan, şikastlangan obektlar hududida transport harakatini çeklaş joriy etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Qurolli kuçlarining Harbiy-havo kuçlari bölinmalari Rossiyaning Voronej şahridagi raketa komponentlari işlab çiqaradigan zavodga zarba bergani haqida xabar qilingan edi.