Qirğiziston Özbekiston temir yöl uçun Xitoydan qarz olyapti
Bişkek “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yöli loyihasida Qirğizistonning uluşini moliyalaştiriş uçun Xitoydan 304,5 million dollar imtiyozli kredit oladi. Bu haqdagi hujjat bugun, 23 iyun kuni Qirğiziston Respublikasi Jogorku Keneşining Xalqaro işlar, mudofaa, xavfsizlik va migratsiya qömitasi yiğilişida muhokama qilindi.
Transport va kommunikatsiyalar vaziri örinbosari Almaz Turğunboyevning sözlariga köra, Qirğiziston yangi temir yöl qurilişi böyiça qöşma loyihada Qirğiziston tomonining 50 foiz uluşini moliyalaştiriş uçun 2,074 milliard yuan (taxminan 304,5 million dollar) miqdorida imtiyozli kredit jalb qilişni rejalaştirmoqda.
Qirğizistonning uluşi 24,5 foizni yoki qariyb 609 million dollarni taşkil etadi. Uşbu mablağning yarmi davlat mablağlari hisobidan, qolgan yarmi esa qarz mablağlari hisobidan taminlanişi rejalaştirilgan.
Kredit 25 yil muddatga, şu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan beriladi. Foiz stavkasi yillik 1,5 foizni taşkil etadi, kreditning grant elementi esa, Moliya vazirligining baholaşiça, 35,46 foizga yetadi.
Mablağlar faqat qirğizistonlik aktsiyadorning qöşma temir yöl kompaniyasiga kapital qöyilmalarini moliyalaştiriş va magistral quriliş işlarini tölaşga yönaltiriladi.
Bitim taşabbuskorlari qömitani bitimni bir vaqtning özida uçinçi öqişda maqullaşga çaqirdi, biroq qömita rahbari Elvira Surabaldiyevaning takidlaşiça, bugun qömita qonun loyihasini ikkinçi öqiş rejimida körib çiqmoqda.
“25 iyun kuni biz qömitaning navbatdan taşqari yiğilişini ötkazamiz va u yerda uşbu bitimni uçinçi öqiş rejimida körib çiqişga tayyormiz, şundan söng uni yalpi majlisga kiritiş mumkin böladi. Biz uning ahamiyatini tuşunamiz, lekin biz JK qoidalarini buza olmaymiz”, deya qöşimça qilgan u.
Eslatib ötamiz, Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temir yöli Markaziy Osiyodagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri hisoblanadi. Loyihaning umumiy qiymati 4,7 milliard dollarga baholanmoqda, şundan qariyb 2,3 milliard dollari Xitoy tomonidan qöşma loyiha kompaniyasiga 35 yil muddatga kredit şaklida taqdim etiladi. Qolgan mablağlar kompaniya tasisçilari tomonidan ustav kapitaliga kiritilişi kerak: Xitoy – 51 foiz, Qirğiziston va Özbekiston – 24,5 foizdan.
Qirğiziston Respublikasi Moliya vazirligi malumotlariga köra, 2026 yil 31 yanvar holatiga köra, Qirğizistonning Xitoy Eksport-import banki oldidagi qarzi qariyb 1,5 milliard dollarni taşkil etadi, bu esa uni respublikaning eng yirik taşqi kreditoriga aylantiradi.