USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonning yalpi taşqi qarzi 82 mlrd dollardan oşdi

77 марта

Özbekistonning yalpi taşqi qarzi 82 mlrd dollardan oşdi

2025 yilda Özbekistonning umumiy taşqi qarzi 18 mlrd dollarga oşib, 82,2 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bankning Özbekiston Republikasi tölov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqei va taşqi qarzi böyiça hisobotida keltirilgan.

2026 yil 1 yanvar holatiga köra, xorijdan jalb qilingan davlat taşqi qarzi qoldiği 40,5 mlrd dollarni taşkil etgan. Davlat taşqi qarzi qoldiğining YaIMga nisbati pasayiş tendentsiyasini saqlab qolib, hisobot yili yakuniga köra 2024 yilga nisbatan 0,4 foiz bandga kamayib, 27,5 foizni taşkil etgan. Şuningdek, mazkur qarz mablağlari töliq uzoq muddatli va asosan imtiyozli şartlar asosida jalb qilingan.

Xöjalik subektlari va banklar tomonidan norezidentlardan jalb qilingan korporativ kredit va qarz qoldiği 41,7 mlrd dollarni taşkil etgan (YaIMga nisbatan 28,4 foiz). Mazkur mablağlarning 92 foizdan ortiği uzoq muddatli şartlarda jalb qilingan.

Korporativ taşqi qarz tarkibida töğridan-töğri investitsiya kiritgan xorijiy investorlardan jalb qilingan qarz mablağlari qoldiği 6,5 mlrd dollarni, xalqaro obligatsiyalar joylaştiriş orqali jalb qilingan mablağlar qoldiği esa 7,3 mlrd dollarni taşkil etgan. Qolgan qismi esa xususiy sektor, jumladan xöjalik subektlari va banklar tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş, aylanma mablağlarni töldiriş va biznes faoliyatini kengaytiriş maqsadlarida davlat kafolatisiz jalb qilingan kredit va qarzlar hisobiga şakllangan.
Bildirilişiça, Xalqaro valyuta jamğarmasi hamda xalqaro reyting agentliklari bayonotlarida Özbekistonning taşqi qarz yuki örtaça darajada ekanligi (asosan imtiyozli şartlarda olingan) etirof etilgan. Bunda, korporativ taşqi qarz böyiça davlat majburiyati mavjud emas, ular böyiça tölovlar xöjalik subektlari hamda banklarning öz mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: