Özbekistonning umumiy taşqi qarzi 75 mlrd dollardan oşdi
3-01-2026, 12:47
237 марта

Özbekistonning umumiy taşqi qarzi 75 mlrd dollardan oşdi
2025 yil yanvar—sentyabr oylarida Özbekiston yalpi taşqi qarzi 11,3 mlrd dollarga köpaydi. Bu raqam Markaziy bank tahlillaridan kelib çiqadi.2025 yil yanvarda hukumat va korxonalar tomonidan xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlari va investorlardan jalb qilingan jami taşqi qarzlar qoldiği 64,1 mlrd dollarni taşkil etgandi. Uçta çorakda mazkur qarzlar miqdori 11,3 mlrd dollarga köpaygan.
“Norezidentlardan jalb qilingan korporativ qarz mablağlari tarkibida xususiy sektor, jumladan, tadbirkorlik subektlari tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş, aylanma mablağlarni töldiriş, biznes faoliyatini kengaytiriş va boşqa maqsadlarda davlat kafolatisiz jalb etilgan kredit va qarzlar aks ettiriladi. Şu örinda, XVJ hamda xalqaro reyting agentliklari bayonotlarida Özbekistonning taşqi qarz yuki örtaça darajada ekani (asosan imtiyozli şartlarda olingan) etirof etilgan”, deya malum qilingan Markaziy bank şarhida.Markaziy bank vakilining “Daryo”ga malum qilişiça, korporativ qarzlarning 40 foizdan 50 foizgaça bölgan qismi davlat korxonalari tomonidan olingan.