AQŞ grin-karta egalarini deportatsiya qilişni osonlaştirdi
Bugun, 24 iyun kuni AQŞ Oliy sudi federal çegara xizmati xodimlariga Amerika grin-kartasiga ega bölgan şaxslarni deportatsiya qiliş imkonini beruvçi qaror qabul qildi. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Sud qarori bilan belgilanişiça, çegara xizmati agentlari agar grin-karta egasi gumonlanuvçi bölsa, unga mamlakatga kirişni rad etişlari mumkin. Şu bilan birga, çegara agentlari jinoyat sodir etilganiga oid dalillarni taqdim etişga majbur emasligi, “şunçaki gumon qiliş uçun asoslar mavjudligining özi kifoya” ekanligi alohida takidlangan. Uşbu yangilik, şuningdek, AQŞga kiriş punktlariga yetib borgan şaxslarni qonuniy doimiy rezident (LPR) maqomidan mahrum qiliş tartibini çegara xizmatlari uçun sezilarli darajada osonlaştiradi.
AQŞning amaldagi immigratsiya qonunçiligiga köra, AQŞ hududini qonuniy asosda qisqa muddatga tark etgan grin-karta egalarining mamlakatga qayta kirişiga ruxsat berilişi kerak. Bundan faqat grin-karta egasi jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan yoki aybiga özi iqror bölgan holatlargina mustasno edi.
Oliy sudning bir qator sudyalari qabul qilingan qarorga qarşi çiqqan. Ularning fikriça, hukumat grin-karta egasini doimiy rezidentlik maqomidan mahrum qilişdan oldin, uning haqiqatan ham jinoyat sodir etganini avval isbotlab berişi şart.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ rasmiylari vaqtinçalik vizaga ega bölgan xorijliklar uçun grin-karta oliş qoidalarini qayta körib çiqqani haqida xabar berilgan edi. Unga köra, endilikda ariza beruvçilarning aksariyati uşbu jarayondan mamlakat taşqarisida ötişlariga töğri keladi.