USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Qozoğistondan benzin söradi

97 марта
Россия Қозоғистондан бензин сўради

Rossiya içki bozordagi yonilği taqçilligi sababli Qozoğiston bilan taxminan 50 ming tonna hajmdagi AI-92 avtobenzinini import qiliş imkoniyati böyiça muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda sohadagi törtta manbaga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Manbalardan birining sözlariga köra, Rossiya neftini Qozoğistonning neftni qayta işlaş zavodlaridan (NQZ) biriga tolling şartlari asosida yetkazib beriş varianti muhokama qilinmoqda. Ayni paytda Qozoğistonda avtobenzin profitsiti kuzatilmoqda, biroq 26 iyundan 20 iyulgaça Atirau NQZ tamirlaş uçun öz faoliyatini töxtatadi, bu esa mahsulot zaxiralarini qisqartiradi. 

“Qozoğiston bilan muzokaralar olib boryapmiz, lekin umid kam”, deya şikoyat qilgan “Reuters” manbasi. 

Agentlik manbalarining fikriça, yagona imkoniyat – Qozoğistonning “Kondensat” zavodidan import qilişdir. Uşbu korxona Rossiyaning “Taneko” NQZsida işlab çiqarilgan gaz kondensati distillyatini qayta işlaydi va yonilğini erkin sotiş uçun har oy Energetika vazirligidan kvota oladigan yagona Qozoğiston NQZsi hisoblanadi.

“Reuters”ning Qozoğistondagi manbasiga köra, Rossiya Federatsiyasiga avtobenzin yetkazib beriş Rossiya aviakerosini importi evaziga amalga oşirilişi mumkin. Qozoğiston iyul oyida talabning ortişi, Atirau NQZsidagi profilaktika işlari va importning kamayişi fonida aviakerosin taqçilligiga duç kelgan. Soha vakillarining malumotlariga köra, Rossiya aviakerosin eksportini Qozoğistonga ham keskin kamaytirgan.

“RFdan import katta ehtimol bilan bölmaydi, usiz esa ehtiyojlarni ham qondirib bölmaydi”,  deydi manba.

Malumot uçun, markaziy Rossiyadagi bir qator yirik NQZlarning uçuvçisiz uçiş apparatlari hujumlari tufayli töxtab qolgani iyun oyining ikkinçi ön kunligi oxiriga kelib avtobenzin işlab çiqarişni ötgan yilning iyun oyiga nisbatan 25 foizga kamayişiga olib kelgan. “Reuters” malumotlariga köra, benzin işlab çiqariş kuniga 85 ming tonnagaça qisqargan, vaholanki, yoz oylarida istemol kuniga 110 ming tonnaga yetadi.

Yonilği taqçilligiga qarşi kuraşda Rossiya hukumati NQZlarga içki bozor uçun sifat körsatkiçlari pasaytirilgan avtobenzin va dizel yonilğisi çiqarişga ruxsat bergan. Bundan taşqari, şu oyda Rossiya benzinni dengiz yöli orqali import qilişni rejalaştirmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Novosibirsk, Belgorod, Kemerovo, Tyumen, Vologda, Penza viloyatlari va Xanti-Mansiysk avtonom okrugi rasmiylari yonilği sotişga limitlar joriy etilganini elon qilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: