Tramp Zelenskiyning harakatlarini maqtadi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning harakatlariga ijobiy baho berdi. Bu haqda u keça, 24 iyun kuni Oq uyda NATO Boş kotibi Mark Ryutte iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida malum qildi.
Tramp jurnalistlar bilan muloqot çoğida, uruşda har ikki tomondan köplab odamlar halok bölayotganini qayd etgan.
“Har holda u bardoş beryapti. Har ikki tomondan köp odamlar halok bölmoqda, ammo menimça, uning işlari ança yaxşi ketmoqda”, degan Tramp.
Tramp bu fikrni jurnalistning “Siz Zelenskiy hozir ğalaba qozonyapti deb hisoblaysizmi?” degan savoliga javob tariqasida bildirgan.
Malumot uçun, Tramp avvalroq bir neça bor Zelenskiyni tanqid qilgan va uni mojaroni tinç yöl bilan hal qilişga qaratilgan say-harakatlarga tösqinlik qilişda ayblagan edi.
Şuningdek, matbuot anjumani davomida Tramp Germaniya va boşqa Yevropa davlatlarini AQŞ hamda Isroilning Eronga qarşi siyosati böyiça yetarliça qöllab-quvvatlamayotgani uçun tanqid qilgan.
Uning aytişiça, Vaşington Germaniya hukumatidan “heç bölmasa kiçik bir minnatdorlik ifodasini” kutgan, ammo bunday munosabatni körmagan. Tramp AQŞ Germaniya va Yevropaning boşqa mamlakatlarida harbiy kontingent saqlaş uçun yuzlab million dollar sarflayotganini ham takidlagan.
Avvalroq, Tramp “Katta yettilik” (G7) sammiti doirasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uçraşgan edi. Uşbu uçraşuvdan keyin u Rossiya Ukraina bilan tinçlik kelişuviga erişişi kerakligini aytgan.
“Men buning uçun qölimdan kelgan barça işni qilaman”, degan Tramp.
24 iyun kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham xalqqa murojaatida, agar Kiyev G7 doirasida muhokama qilingan yordamni olsa, Rossiyani tinçlikni tanlaşga majbur qiladigan şaroitlarni tezda yarata olişini aytgan. Ammo u buning uçun qanday çoralar körilişini aniqlaştirmagan.