USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Niderlandiyada ilk bor 12 yoşga tölmagan bola qonunan öldirildi

486 марта
Нидерландияда илк бор 12 ёшга тўлмаган бола қонунан ўлдирилди
Уругвайда беморни ўлдириш қонунийлаштирилди 

Urugvayda bemorni öldiriş qonuniylaştirildi 

Niderlandiyada 12 yoşga tölmagan oğir xastalikka çalingan bolaga nisbatan ilk bor evtanaziya (davolaş imkoni bölmagan oğir kasalliklarda bemorning roziligi bilan uning hayotini tinç va azobsiz tugatiş amaliyoti) amalga oşirildi. Bu haqda “nos.nl” xabar berdi.

Malum qilinişiça, mazkur holat 2023 yilda evtanaziya töğrisidagi qonunga kiritilgan özgarişlardan keyin qayd etilgan birinçi holat hisoblanadi. Niderlandiya Soğliqni saqlaş vaziri Sofi Xermansning bildirişiça, bolaga nisbatan uşbu muolaja ötgan yil oxirida amalga oşirilgan.

Maxsus vazirlik komissiyasi holat tafsilotlarini örganib çiqqan, muolajani taşkil etgan şifokor bilan suhbat ötkazgan va şundan söng rasmiy xulosasini nazorat organiga taqdim etgan.

Vazir evtanaziyaning aniq qaçon ötkazilgani, bolaning taşxisi va yoşi haqida malumot bermagan.

Niderlandiya 2002 yilda evtanaziyani töliq tibbiy muolaja sifatida qonuniylaştirgan dunyodagi birinçi davlat bölgan.

2023 yil aprel oyida mamlakat evtanaziya uçun yoş çeklovlarini bekor qildi. Şundan buyon voyaga yetmagan bemorga nisbatan “hayotdan ketişga yordam beriş” töğrisidagi qaror şifokor va ota-ona tomonidan birgalikda qabul qilinadi.

Evtanaziya faqat bemor davolab bölmaydigan kasallikka çalingan, kuçli azob çekkan va palliativ yordam ham ahvolini yengillaştira olmaydigan holatlarda qöllanilişi mumkin. Şuningdek, qaror qabul qiliş jarayonida bolaning fikri ham inobatga olinadi.

Keyinçalik maxsus komissiya şifokor tibbiy standartlar va zamonaviy tibbiy bilimlar asosida harakat qilgan-qilmaganini tekşiradi. Komissiya tarkibiga tegişli sohalarda faoliyat yurituvçi tört nafar şifokor, bir nafar huquqşunos va bir nafar etika mutaxassisi kiradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: