Eronga hujum oqibatida halok bölgan ayollar va bolalar 400 dan oşdi
14-03-2026, 17:16
89 марта

Eronga hujum oqibatida halok bölgan ayollar va bolalar 400 dan oşdi
AQŞ va Isroilning Eronga bergan zarbalari oqibatida 400 nafardan ortiq ayol va 18 yoşga tölmagan şaxslar qurbon bölgan. Bu haqda Eron Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.“Halok bölgan ayollar soni – 223 nafar. 18 yoşga tölmaganlar – 202 nafar, 5 yoşga yetmagan bolalar esa 12 nafarni taşkil etmoqda”, deyiladi xabarda.
Idora malumotlariga köra, kamida 2729 nafar ayol va 1190 nafar voyaga yetmagan şaxs jarohatlangan. Şuningdek, vazirlik soğliqni saqlaş sohasining 16 nafar xodimi halok bölgani, 32 ta tez yordam maşinasi hamda 152 ta tibbiyot markazi şikastlangani, 6 tasi esa evakuatsiya qilingani haqida xabar bergan.
Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravoniyning sözlariga köra, hujum qurbonlarining umumiy soni 1300 kişidan oşgan, biroq bu malumotlar 7 martdan beri yangilanmagan. 10 mart holatiga köra, Eronda jarohatlanganlar soni 15 ming kişidan ortiqni taşkil etgan.