Dunyoda 258 millionga yaqin bola uruşlar sabab talim oliş imkoniyatidan mahrum – BMT
Dunyo böylab maktab yoşidagi 258 million nafar bola va ösmirning talimi qurolli mojarolar hamda gumanitar inqirozlar oqibatida izdan çiqqan. Bu haqda inqiroz şaroitida talimni qöllab-quvvatlaş böyiça BMT jamğarmasi – “Education Cannot Wait” hisobotida malum qilindi.
Qayd etilişiça, ularning 93 million nafari umuman maktabga boriş imkoniyatiga ega emas.
Hisobotda takidlanişiça, mojarolar va gumanitar inqirozlar sabab maktabga bormaydigan bolalarning qariyb 80 foizi ahvol eng oğir bölgan atigi 20 ta davlat hissasiga töğri keladi.
Mualliflar muammo faqat talim oliş imkoniyatining yöqligi bilan çeklanmasligini qayd etgan. Inqirozlardan jabrlangan köplab hududlarda bolalar öqiş, yoziş va hisoblaş kabi asosiy könikmalarni ham egallay olmayapti. Oqibatda boşlanğiç sinflardayoq öquv dasturini özlaştirişdagi qiyinçiliklar ösmirlarning talimni butunlay tark etişiga olib kelmoqda.
Eng katta talim yöqotişlari qurolli mojarolar qamrab olgan davlatlarda kuzatilmoqda. Bunday mamlakatlarda oltinçi sinfga kelib bolalarning atigi 30 foizi zarur öqiş könikmasi darajasiga yetadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni boşdan keçirayotgan davlatlarda bu körsatkiç 47 foizni taşkil etsa, tabiiy ofatlardan jabrlangan mamlakatlarda 63 foizga yetadi.
Hisobotda talim inqirozi tobora kengayib borayotgani, ammo uning oqibatlari barça hududlarda bir xil emasligi qayd etilgan. Bolalarning talim tizimidan çetda qolişi köp jihatdan ularning qayerda yaşaşi, majburiy köçirilgan şaxslar, nogironligi bölgan bolalar yoki boşqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga mansubligiga boğliq.
Mutaxassislar fikriça, talimga kiriş imkoniyatini kengaytirişning özi yetarli emas. Bolalarning nafaqat maktabga borişi, balki öquv dasturini muvaffaqiyatli özlaştirişi, talimni davom ettirişi va keyingi bosqiçlarga öta olişi uçun zarur şaroitlar yaratilişi lozim.
Eslatib ötamiz, avvalroq dunyo böylab maktablar, universitetlar hamda talim xodimlariga qarşi uyuştirilayotgan hujumlar soni keskin oşib borayotgani haqida xabar berilgandi.