Yamanda “Al Arabiya” muxbirining avtomobili portlatib yuborildi
Saudiya Arabistonining “Al Arabiya” telekanalining Yamanda faoliyat yuritgan muxbiri Muhammad Ayda avtomobilga örnatilgan bomba portlaşi oqibatida halok böldi. Bu haqda bugun, 26 iyun kuni “Reuters” xabar qildi.
Qayd etilişiça, “Al Arabiya” va uning hamkor kanali “Al Hadath” uçun işlagan yamanlik jurnalist Muhammad Ayda keça, 24 iyun kuni keçqurun mamlakatning şarqiy qismidagi Hadramaut viloyati markazi Mukalla şahrida öldirilgan.
“Al Arabiya”ning xabar berişiça, Mukalla xavfsizlik idoralari taxminan bir oy avval jurnalistni uning hayoti xavf ostida ekani haqida ogohlantirgan. Biroq tahdidning manbasi haqida batafsil malumot berilmagan. Hozirça hujum uçun javobgarlikni heç bir guruh öz zimmasiga olmagan.
Jurnalistning öldirilişi mamlakatdagi siyosiy vaziyat yanada taranglaşgan bir paytga töğri kelgan. Noyabr va yanvar oylari oraliğida Saudiya Arabistoni qöllab-quvvatlaydigan, xalqaro miqyosda tan olingan Yaman hukumatiga qaraşli kuçlar hamda Birlaşgan Arab Amirliklari qöllab-quvvatlaydigan janubiy separatistlar örtasida töqnaşuvlar yuz bergan edi. Uşbu janglar davomida Mukalla şahri bir neça bor nazoratdan nazoratga ötgan. Hozirda şahar Saudiya qöllovidagi hukumat kuçlari nazorati ostida turibdi.
Yaman Prezidentlik rahbarlik kengaşi raisi jurnalist ölimi yuzasidan yuqori darajadagi qöşma tergov komissiyasini tuziş böyiça körsatma bergan. U davlat aybdorlarni aniqlaş va javobgarlikka tortiş uçun barça imkoniyatlardan foydalanişini bildirgan.
Jurnalistlarni himoya qiliş qömitasi malumotlariga köra, Yaman dunyoda jurnalistlar uçun eng xavfli mamlakatlardan biri bölib qolmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Isroilning Livanga hujumi oqibatida kamida 5 kişi, jumladan, 1 nafar jurnalist halok bölgan edi.