London osmonida ajdarho köriniş berdi
London şahri osmonida HBO kompaniyasining “Ajdarlar uyi” (House of the Dragon) seriali uçinçi mavsumini tarğib qiliş doirasida mexanik Siraks ajdarhosi uçirildi. Bu haqda “Verge Magazine” xabar berdi.
Malum qilinişiça, ulkan mexanik Siraks modeli Temza daryosi ustida oldindan rejalaştirilgan uçta parvozni amalga oşirgan. U London Taueri atrofida aylanib uçgan, söngra qala hududi tomon pastlab kelib, tomoşabinlarda katta qiziqiş uyğotgan.
Mexanik ajdarho Germaniyaning havo animatsiyasiga ixtisoslaşgan Airstage kompaniyasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan. Uning oğirligi 13 kilogramm bölib, uç oy davomida uglerod tolasi va alyuminiydan tayyorlangan karkas asosida yasalgan.
Siraks modeli serialda Reynira Targariyen minib uçgan ajdarhoning deyarli aniq nusxasi hisoblanadi. Uni yaratişda tasvirga oliş jarayonida olingan 3D-skaner malumotlaridan foydalanilgan.
Ajdarhoning qanotlari yoyilganda 8 metrga yetadi. Uning boşi, böyni va dumi töliq harakatlanadi, konstruktsiyasida 23 dan ortiq harakatlanuvçi mexanik qism mavjud. Mexanik ajdarho soatiga 35 kilometrgaça tezlikda uça oladi.
Mazkur aktsiya “Ajdarlar uyi” seriali uçinçi mavsumining Buyuk Britaniya va Irlandiyada HBO Max platformasida 22 iyun kuni bölib ötgan premerasi munosabati bilan taşkil etilgan.
Jorj R. R. Martinning “Olov va qon” romani asosida suratga olingan serial Targariyenlar sulolasi tarixi haqida hikoya qiladi va “Taxtlar öyini” voqealaridan qariyb 200 yil avvalgi davrni qamrab