Öta uzoq masofali parvozlar uçun möljallangan samolyot yiğildi
11-11-2025, 10:58
135 марта

Öta uzoq masofali parvozlar uçun möljallangan samolyot yiğildi
Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi Avstraliyadan London va Nyu-Yorkka qönmasdan parvozlarni yölga qöyiş böyiça özining ulkan Sunrise loyihasini amalga oşiriş yölida hal qiluvçi qadamni taşladi. Bu haqda CNN xabar berdi.Malum qilinişiça, Tuluzadagi zavodda dasturning ilk samolyoti — gigant Airbus A350-1000ULR yiğilgan. Muhandislar allaqaçon fyuzelyajning asosiy qismlarini birlaştirib, qanot, dum qanotlari va şassini örnatgan. Birinçi samolyotni yetkazib beriş kelgusi yilning ikkinçi yarmiga rejalaştirilgan.
A350-1000ULR Qantas tarixidagi eng uzoq masofali yölovçi samolyoti böladi. Taxminlarga köra, u havoda 22 soatgaça bölişi mumkin (Melburn va Nyu-York orasidagi masofa taxminan 16,7 ming km). Buning uçun samolyotga hajmi 20 ming litr bölgan qöşimça markaziy yonilği baki örnatilgan.
Samolyotda atigi 238 ta örindiq böladi, boşqa A350-1000 samolyotlarida esa taxminan 400 ta.
Aytiş joizki, 2019 yilda Qantas samolyoti “London — Sidney” yönalişi böyiça qönişsiz parvozni amalga oşirgan. Boeing-787-9 Dreamliner samolyoti sinov parvozi paytida 19 soat 19 daqiqa havoda bölgan va 17,8 ming kilometr masofani bosib ötgan.
Parvoz vaqtida Boeing-787-9 bortida bor-yöği 50 kişi bölgan, ammo u 250 nafardan ortiq yölovçini taşiş imkoniyatiga ega.
Mutahassislar fikriça, yangi A350-1000ULR'ning işga tuşirilişi Qantas uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçadi. Şuningdek, bu Airbus kompaniyasiga Boeing bilan global raqobatda qöşimça ustunlik beradi.