USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Polşada 200 yölovçisi bölgan ikki poyezd töqnaşdi

89 марта
Польшада 200 йўловчиси бўлган икки поезд тўқнашди

Polşaning ğarbiy qismida içida 200 nafar passajiri bölgan ikki yölovçi poyezdi töqnaşib ketdi. Bu haqda Polşa davlat axborot agentligiga tayanib, TVP World xabar berdi.

Mahalliy favqulodda xizmatlarning malumotiga köra, keça, 25 iyun kuni hodisa Buyuk Polşa voyevodaligidagi Pila tumani hududida joylaşgan Byaloslive qişloği yaqinida mahalliy vaqt bilan soat 18:04 atrofida sodir bölgan. Töqnaşuvda Pila–Bidgoşç yönalişida harakatlangan Polregio mintaqaviy poyezdi hamda Byalogard–Varşava-Vsxodnya yönalişida qatnagan PKP Intercity poyezdi iştirok etgan.

Dastlabki malumotlarga köra, mintaqaviy poyezd Intercity poyezdining orqa qismiga kelib urilgan. Oqibatda Intercity poyezdining oxirgi vagoni hamda ikkinçi poyezdning bir qismi relsdan çiqqan. Favqulodda xizmatlarning malum qilişiça, töqnaşuv vaqtida ikki poyezdda jami 200 nafarga yaqin yölovçi bölgan.

Buyuk Polşa yonğin xizmati matbuot kotibi Martin Xalaş PAP agentligiga “bir neça kişi” jarohat olganini bildirgan.

“Hozir jabrlanganlarni saralaş jarayoni davom etmoqda. Qança odamga tibbiy yordam kerakligi va ularga qanday darajada yordam körsatilişi aniqlanmoqda”, degan u.

Hodisa joyida yonğin xizmatining 16 ta bölinmasi, şuningdek politsiya va tez tibbiy yordam xodimlari iş olib bormoqda. Töqnaşuv tufayli Pila–Bidgoşç temir yöl yönalişida harakat töliq töxtatilgan. Polşa temir yöl infratuzilmasi operatori matbuot kotibi Bartoş Petrjikovskiyning aytişiça, harakat faqatgina mutaxassislar avariya temir yöl izlari yoki boşqa infratuzilmaga zarar yetkazmaganini tasdiqlaganidan keyin qayta tiklanadi.

PKP Intercity'ning dastlabki malumotlariga köra, poyezdlar yuzma-yuz töqnaşmagan. Ular strelka orqali yöl almaştiriş jarayonida bir-biriga tegib ketgan bölişi mumkin. Dastlabki taxminlarga köra, mintaqaviy poyezd Intercity poyezdining orqa qismiga urilgan, ammo hodisaning aniq sabablari hali rasman tasdiqlangani yöq.

Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniyaning Myunxen şahrida ikki yuk poyezdi töqnaşib ketişi oqibatida bir kişi halok bölgandi.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: