Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti uçun yana ölim jazosi söraldi
Janubiy Koreyada maxsus maslahat guruhi sobiq prezident Yun Sok Yolga nisbatan davlat töntarişiga uriniş ayblovi böyiça apellyatsiya sudida yana ölim jazosini tayinlaşni söradi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.
Malum qilinişiça, maxsus prokuror Ço In Suk boşçiligidagi tergov guruhi Seul Oliy sudida ötkazilgan eşituvda birinçi instantsiyadagi talabini takrorlagan. Prokuratura quyi sud tomonidan tayinlangan umrbod qamoq jazosini juda yengil deb hisoblamoqda.
Joriy yilning 12 iyun kuni Janubiy Koreya sudi sobiq prezident Yun Sok Yolni Şimoliy Koreya hududiga dronlar yuborganlikda aybdor deb topib, 30 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.
Yun 2024 yilning 3 dekabrda harbiy holat elon qilganida, bu qarorini mamlakatni Şimoliy Koreyaga xayrixoh davlatga, qarşi kuçlardan himoya qiliş zarurati bilan izohlagan edi. Biroq keyinçalik uning qarori asosan içki siyosiy muammolar bilan boğliq ekani malum böldi va ommaviy norozilik namoyişlari ortidan harbiy holat bekor qilindi.
Şundan söng Yun impiçment orqali lavozimidan çetlatilgan va harbiy holatni noqonuniy joriy etişga uringani uçun davlatga qarşi isyon aybi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
Seul okrug sudi Yun, sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon, Mudofaa kontrrazvedka qömondonligining sobiq rahbari Yo In Xyon va Dron operatsiyalari qömondonligining sobiq rahbari Kim Yon Deni davlatga xiyonat va mansab vakolatini suiistemol qilişda aybdor deb topgan.
Sud qaroriga köra, Kim Yon Xyon ham 30 yilga qamalgan. Yo In Xyon 15 yil, Kim Yon De esa 3 yil qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq uning jazosi 5 yil muddatga şartli ravişda keçiktirilgan.
Sud bayonotida aytilişiça, ayblanuvçilar harbiy operatsiya niqobi ostida Şimoliy Koreyani javob çoralariga undaş va favqulodda vaziyat yaratişga uringan. Sud şuningdek, ularning harakatlari harbiy mojaro xavfini oşirganini qayd etib, uşbu voqealar uçun asosiy javobgarlik Yun zimmasiga ekanini takidlagan.
Yunning advokatlari esa uning harakatlari Şimoliy Koreyaning 2024 yilda Janubiy Koreya hududiga çiqindi va axlat ortilgan şarlarni uçirgani ortidan qilingan qonuniy javob çorasi bölganini bildirgan.
2024 yilda ikki Koreya örtasidagi keskinlik Şimoliy Koreya Pxenyan ustiga tarğibot varaqalari taşlagan dronlarni Janubiy Koreya yuborganini davo qilganidan keyin yanada kuçaygan edi. Sudya hukmda aynan Yun Şimoliy Koreyaning javob zarbasini qözğatiş umidida uşbu dronlarni yuborganini malum qilgan.
Bundan taşqari, Yun mansab vakolatini suiistemol qiliş va özini hibsga olişga tösqinlik qilganlik uçun ham 5 yil qamoq jazosiga hukm qilingan.
Malumot uçun, Yun Sok Yol Janubiy Koreyada qamoqda saqlangan holda ayblov elon qilingan ilk amaldagi prezident böldi. U sobiq mudofaa vaziri va boşqa şaxslar bilan til biriktirib, konstitutsiyaviy tuzumni izdan çiqariş maqsadida isyon uyuştirişda ayblanmoqda.