USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qirolning qança soliq tölaşi ilk marta oçiqlandi

194 марта
Қиролнинг қанча солиқ тўлаши илк марта очиқланди
Buyuk Britaniya qiroli Çarlz III 2024-2025 yillarda mamlakat byudjetiga 12,9 million funt sterling (taxminan 17 million dollar) soliq tölagani oşkor qilindi. Bu haqda keça, 25 iyun kuni qirollik rasmiylari malumotlariga tayanib, “Reuters” xabar qildi.

Qayd etilişiça, qirol tölagan soliq miqdori birinçi marta jamoatçilikka malum qilinmoqda va u Britaniyaning eng yirik 100 nafar soliq tölovçisi qatoriga kirgan. Şu vaqtgaça uşbu tölovlar miqdori jamoatçilikka malum qilinmagan edi.

Britaniya qonunçiligiga köra, qirol daromad, kapital ösişi yoki meros soliğini tölaşga majbur emas. Biroq Çarlz III onasi Yelizavetta II kabi 1993 yildan beri soliqlarni ixtiyoriy ravişda tölab keladi.

Malumot örnida, Qirol Çarlz III sulolasi ham 1399 yildan buyon barça Britaniya monarxlari kabi Lankaster gertsogligi mulklaridan xususiy daromad oladi. 2025-2026 moliya yilida bu daromad 25,2 million funt sterlingni taşkil etadi. Bundan taşqari, u boşqa mulklari va investitsiyalaridan ham daromad oladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Buyuk Britaniya qiroli Çarlz III Bukingem saroyidagi 10 yillik rekonstruktsiya işlari kelasi yili yakunlangandan keyin ham uni doimiy qarorgoh sifatida işlatmasligini malum qilgandi.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: