Yaponiyada tayfun sababli 2 milliondan ortiq aholi evakuatsiya qilindi
Yaponiya rasmiylari kuçli yomğirlar va tayfun tufayli Kyusyu va Okinavadan tortib Kinki mintaqasigaça bölgan 13 ta prefekturadan 2,23 million aholini evakuatsiya qildi. Bu haqda Yaponiyaning Yonğin va tabiiy ofatlarga qarşi kuraşiş agentligiga tayanib, TBS News xabar berdi.
Qayd etilişiça, 7-sonli tayfun va mavsumiy yomğirlar fronti tasirida Yaponiyaning ğarbiy qismida kuçli yoğingarçilik kuzatilmoqda. Kagosima prefekturasida uç kişi jarohatlangani xabar qilingan. Fukuoka va Kagosima prefekturalarida 25 ta binoni suv bosgan. NHK telekanalining malumotlariga köra, noqulay ob-havo tufayli Tyugoku va şimoliy Kyusyuning ayrim hududlarida köçki xavfining 4-darajali ogohlantirişi elon qilingan.
“Tenki” ob-havo xizmatining aniqlik kiritişiça, 7-sonli tayfun Yaponiyaning Amami orolidan taxminan 230 km janubi-ğarbda joylaşgan va soatiga 15 km tezlikda şimoli-şarqqa qarab harakatlanmoqda. Markazga yaqin joyda şamolning maksimal tezligi soniyasiga 23 metrni taşkil etadi. Tayfun Yakusima orolidan taxminan 140 km janubi-ğarbdan ötişi kutilmoqda. Yaponiyaning janubida yana bir – 8-sonli tayfun qayd etilgan bölib, u soatiga 30 km tezlikda harakatlanmoqda. Sinoptiklarning prognozlariga köra, u mahalliy vaqt bilan yarim tunga yaqin Sionomisaki burnidan 160 km uzoqlikda ötadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiyaning Okinava oroliga tayfun yopirilgani, buning oqibatida 15 dan ortiq kişi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi. Öşanda noqulay ob-havo tufayli elektr taminotida uzilişlar kuzatilgan, 300 dan ziyod aviareys bekor qilingan.