Ukraina Rossiyaga yirik dron hujumini uyuştirdi
Ukraina bugun, 26 iyunga ötar keçasi Rossiyaning öndan ortiq hududi, anneksiya qilingan Qrim va ularga tutaş dengiz hududlariga 660 ta dron bilan keng kölamli hujum uyuştirdi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.
Bu Rossiyaning 2022 yil fevral oyida Ukrainaga keng kölamli bostirib kirganidan buyon qayd etilgan eng yirik dron hujumlaridan biri hisoblanadi. Bundan avvalgi rekord hujum joriy yilning 17 may kuni kuzatilgan bölib, öşanda Rossiya 556 ta dron yöq qilinganini malum qilgan.
Rossiya hujum oqibatlari haqida batafsil malumot bermagan. Biroq Tula viloyatining Novomoskovsk şahridagi kimyo zavodi hamda gidroelektr stantsiyasi hujumga uçragani va ularda yonğin çiqqani haqida ham xabarlar tarqalgan. Mazkur malumot hozirça mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.
Moskva meri Sergey Sobyanin poytaxt tomon uçayotgan 47 ta Ukraina droni urib tuşirilganini bildirib, qurbonlar va jiddiy talafot qayd etilmaganini malum qilgan. Şuningdek, Ukraina Xavfsizlik xizmati Qrimning Kerç portida Rossiya harbiy-dengiz flotiga tegişli kemalar va havo mudofaasi radarlariga zarba berilganini bildirgan. Ukraina tomonining takidlaşiça, Volga, Vyatka hamda Petropavlovsk kemalari nişonga olingan va hujum oqibatida yirik yonğin yuzaga kelgan.
Ayni paytda Rossiyaning Ukrainaga bergan zarbalari oqibatida kamida uç nafar tinç aholi halok bölgan, yana 20 kişi turli darajada jarohat olgan. Xarkov, Kiyev, Odessa, Zaporoje va Sumi viloyatlarida turar joylar hamda infratuzilma obektlariga zarar yetgan.
Ukraina Harbiy-havo kuçlari malumotiga köra, ötgan keça Rossiya uçirgan 189 ta drondan 174 tasi urib tuşirilgan. Biroq uçirilgan yettita Iskander-M ballistik raketasining törttasi havo mudofaasidan ötib, turli hududlarga zarba bergan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukrainaning uç yuzdan ortiq droni Rossiya hududiga zarba bergan edi.