Sobiq birinçi xonim 7 yilga qamaldi
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yolning rafiqasi Kim Gon Xi davlat lavozimlariga tayinlov evaziga pora olganlikda aybdor deb topilib, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, sud Kim Gon Xi oddiy fuqarolar umri davomida deyarli uçratmaydigan qimmatbaho buyumlarni heç qanday ikkilanişsiz qabul qilganini malum qilgan. Pora sifatida olingan buyumlar orasida Van Cleef & Arpels marjoni, Tiffany broşi, Graff sirğalari, Dior sumkasi, qiymati 39 million von (25 ming dollardan ortiq) bölgan Vaçeron Constantin qöl soati, 140 million vonlik kartina hamda oltin toşbaqa haykalçasi bölgani qayd etilgan.
Tergov malumotlariga köra, unga pora berganlar orasida kuyovini davlat lavozimiga tayinlatmoqçi bölgan quriliş kompaniyasi egasi, yuqori martabali amaldorlar bilan aloqalarini kengaytirişni istagan pastor, xususiy universitetning sobiq rahbari hamda prezident xavfsizlik xizmatiga mahsulot yetkazib berişni közlagan kompaniya rahbari bölgan.
Sud Kim Gon Xiga 64,8 million von miqdorida jarima solgan hamda pora sifatida olingan buyumlar topilgan taqdirda ularni musodara qilişga hukm çiqargan.
Kim Gon Xi öziga qöyilgan barça ayblovlarni rad etgan. Uning advokati sud hukmi ustidan apellyatsiya şikoyati berilişini bildirib, sud ayrim dalillarni notöğri baholaganini takidlagan.
Avvalroq, sobiq prezident oilasiga oid korruptsiya işini tergov qilgan maxsus prokuror Min Çjun Gi boşçiligidagi tergov guruhi Kim Gon Xini davlat lavozimlarini qimmatbaho taqinçoqlar va haşamatli sovğalar evaziga taqdim etganlikda ayblab, unga 7,5 yil qamoq jazosi tayinlanişini söragan edi.
Sud prokuratura talabini qisman qanoatlantirib, Kim Gon Xiga 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi. Uşbu iş Janubiy Koreyada sobiq prezident oilasiga nisbatan olib borilgan eng şov-şuvli korruptsiya tergovlaridan biri sifatida baholanmoqda.
Eslatib ötamiz, Janubiy Koreyada maxsus maslahat guruhi sobiq prezident Yun Sok Yolga nisbatan davlat töntarişiga uriniş ayblovi böyiça apellyatsiya sudida yana ölim jazosini tayinlaşni söragan edi.