USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putinning eski safdoşlaridan biri vafot etdi

288 марта
Путиннинг эски сафдошларидан бири вафот этди

Bugun, 26 iyun kuni Rossiya sobiq mudofaa vaziri va prezident administratsiyasining sobiq rahbari Sergey Ivanov 73 yoşida vafot etdi. Bu haqda u faxriy prezident bölgan VTB Birlaşgan ligasi malum qildi. 

Ivanov – Putin davrining eng közga köringan rossiyalik mulozimlaridan biri edi. U Leningradda tuğilgan, Leningrad davlat universitetining filologiya fakultetini, söngra Minskdagi DXQ (KGB) Oliy kurslarini va SSSR DXQ Qizil bayroqli institutini tamomlagan. 1970-yillarning örtalaridan boşlab Ivanov davlat xavfsizlik organlarida xizmat qilgan, jumladan, xorijda ham işlagan, Vladimir Putin bilan esa Leningrad DXQ tizimida işlab yurgan kezlaridanoq taniş bölgan.

1990-yillarning oxirida, FXXga Putin rahbarlik qilgan davrda Ivanov uning örinbosari bölgan. Putin hokimiyat tepasiga kelgaç, u Xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimini egallagan, 2001 yilda esa mudofaa vaziri bölgan. Keyinçalik Ivanov hukumatda boş vazir örinbosari va birinçi örinbosari sifatida mudofaa-sanoat majmuasini nazorat qilgan, 2011–2016 yillarda esa prezident administratsiyasiga rahbarlik qilgan.

2007 yilda Ivanov Putinning prezidentlik lavozimidagi eng ehtimoliy vorislaridan biri sifatida tilga olingan edi, biroq yakunda hokimiyat nomidan Dmitriy Medvedev nomzod qilib körsatildi.

Prezident administratsiyasidan ketganidan söng, Ivanov 2016 yildan boşlab prezidentning tabiatni muhofaza qiliş, ekologiya va transport masalalari böyiça maxsus vakili lavozimida işlab keldi. 2026 yilda Putin uni uşbu lavozimdan ozod qildi, söngra Xavfsizlik kengaşi tarkibidan çiqardi.

Ivanov AQŞ, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va boşqa bir qator davlatlarning sanktsiyalari röyxatiga kiritilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: