Sobiq mudofaa vaziri öldirilgan Larijoniyning örnini egalladi
19-03-2026, 18:58
68 марта

Sobiq mudofaa vaziri öldirilgan Larijoniyning örnini egalladi
Eronning sobiq mudofaa vaziri Husayn Dehgan öldirilgan Ali Larijoniy örniga Oliy milliy xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bugun, 19 mart kuni “Didban Iran” xabar berdi.Husayn Dehgan – sobiq harbiy ofitser bölib, 2023 yildan buyon “Mostazafan” jamğarmasi rahbari lavozimida işlab kelayotgan edi. U 2013 yildan 2017 yilgaça Eron mudofaa vaziri bölgan.
Dehgan Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) va uning harbiy-havo kuçlarida qömondon bölib xizmat qilgan. 2019 yil noyabr oyida AQŞ Davlat departamenti uni sanktsiyalar röyxatiga kiritgan. Bunga uning 1983 yilda Bayrutdagi kazarmalarda sodir etilgan portlaşlarni taşkil etişdagi iştiroki sabab qilib körsatilgan (öşanda “Hizbulloh” 241 nafar amerikalik askarni öldirgani aytiladi).