Xomanaiy Larijoniyning ölimiga izoh berdi
19-03-2026, 08:35
375 марта

Xomanaiy Larijoniyning ölimiga izoh berdi
Eronning Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy Isroil havo zarbasi oqibatida halok bölgan Milliy xavfsizlik oliy kengaşi rahbari Ali Larijoniyning ölimiga munosabat bildirdi. Uning sözlarini Islom inqilobi qöriqçilari korpusi keltirgan.Bayonotda aytilişiça, Larijoniy “ilmli, uzoqni köra oladigan, dono, işiga sodiq va siyosiy, harbiy, xavfsizlik, madaniy hamda boşqaruv sohalarida katta tajribaga ega şaxs” bölgan.
“Uning islomiy tizimdagi turli darajalarda deyarli ellik yillik faoliyati uni yuksak şaxsga aylantirdi”, degan Xomanaiy.U, şuningdek, Eronning duşmanlari bu hodisa uçun javob berişini takidlagan.
“Bunday terror harakatlari faqat duşmanlarning adovatini aks ettiradi va millatimizning qatiyatini mustahkamlaydi. Şubhasiz, adolat qaror topadi. Uning oila azolari va yaqinlariga, ayniqsa, Oyatulloh Amoli Larijoniyga çin dildan hamdardlik bildiraman va ularning saflari yuksalişini sörab duo qilaman”, degan Oliy rahbar.