Eron Ali Larijoniy vafot etganini tasdiqladi
18-03-2026, 11:10
345 марта

Eron Ali Larijoniy vafot etganini tasdiqladi
Eron Milliy xavfsizlik kengaşi kotibi Ali Larijoniy halok böldi. Bu haqda uning matbuot xizmati rasmiy Telegram sahifasida malum qildi.Xabarda aytilişiça, Larijoniy bilan birga uning öğli Murtazo Larijoniy, Milliy xavfsizlik kengaşi kotibi örinbosari Alirezo Bayot hamda bir guruh qöriqçilari ham halok bölgan.
Eron Prezidenti Masud Pezeşkiyon Larijoniy vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirib, bunga javoban “qattiq qasos olinişi”ni vada qilgan. Uning sözlariga köra, Larijoniy Milliy xavfsizlik kengaşidagi faoliyati davomida mintaqada tinçlik va xavfsizlikni mustahkamlaş, islomiy davlatlar örtasida birdamlikni kuçaytiriş uçun katta hissa qöşgan.
Keça, 17 mart kuni Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats Larijoniy ötgan tunda Eronga berilgan havo zarbasi oqibatida halok bölganini malum qilgan edi.
Kats öşa hujumda “Basij” xalq laşkari qömondoni, general-mayor Ğulomrizo Sulaymoniy ham halok bölganini aytgan. Bu malumotni Islom inqilobi qöriqçilari korpusi ham tasdiqlagan.
Korpus malumotiga köra, Larijoniy, Sulaymoniy va boşqa halok bölganlar 18 mart kuni dafn etiladi.