“Navbatdagi nişon kim?” Larijoniy ölimidan keyin Eronda vaziyat qanday?
18-03-2026, 11:12
226 марта

“Navbatdagi nişon kim?” Larijoniy ölimidan keyin Eronda vaziyat qanday?
Eron rasmiylari Milliy xavfsizlik kengaşi kotibi Ali Larijoniy halok bölganidan keyin öz xavfsizligidan yanada köproq xavotir ola boşlagan. Bu haqda “The New York Times” naşri xabar berdi.Unga köra, boşqa rasmiylar bir-biriga qönğiroq qilib, navbatdagi nişon kim bölişi mumkinligi haqida savol bermoqda. Ikkinçi manbaning aytişiça, Eron içida hamma Isroil barça rahbarlar yöq qilinmagunça va amaldagi tuzum ağdarilmagunça töxtamasligi mumkin, degan xavotirda.
OAV malumotiga köra, Isroil razvedkasi ayrim qömondonlarga qönğiroq qilib, ularning ismlarini tilga olgan holda, agar ehtimoliy qözğolon vaqtida çetda qolişsa, özlari va oilalariga tahdid qilgan. Naşr Eron politsiyasining yuqori lavozimli amaldorlaridan biri bilan “Mossad” razvedka xodimi örtasidagi suhbatdan parçani ham keltiradi.
Naşrning yozişiça, Tehronda xavfsizlik kuçlari xodimlari turar joy binolariga köçirilmoqda, u yerda yaşovçilar esa ehtimoliy zarbalardan saqlaniş uçun evakuatsiya qilinmoqda.
Manbalarga köra, Isroil razvedka malumotlari asosida Eron maxsus xizmatlari va harbiylari joylaşgan obektlarga zarba bermoqda.