Trampning sobiq maslahatçisi maxfiy hujjatlar bilan boğliq aybini tan oldi
AQŞ Prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik böyiça sobiq maslahatçisi, keyinçalik uning eng keskin tanqidçilaridan biriga aylangan Jon Bolton bugun, 26 iyun kuni federal sudda maxfiy malumotlar bilan noqonuniy munosabatda bölganini tan oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, unga nisbatan beş yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlanişi mumkin.
“Bu qilgan işimdan afsusdaman”, degan Bolton sud majlisida AQŞ okrug sudi sudyasi Teodor Çuangga.
Malum qilinişiça, 77 yoşli Bolton 2,25 million dollar miqdorida jarima tölaşga rozi bölgan. U jarimaning yarmini hukm çiqarilganidan keyin beş kun içida, qolgan qismini esa 90 kun içida tölaşi lozim.
Şuningdek, Bolton 100 soatgaça jamoat işlarini bajariş, razvedka hamda Adliya vazirligi vakillari bilan suhbatda iştirok etiş majburiyatini olgan. U bundan taşqari davlat pensiyasidan ham mahrum böladi. Yakuniy sud hukmini elon qiliş sanasi oktyabr oyiga belgilangan.
Tergov malumotlariga köra, Bolton öz xotira kitobini yoziş jarayonida maxfiy malumotlardan foydalaniş maqsadida ikki nafar qarindoşiga razvedka brifinglari va yuqori lavozimli amaldorlar hamda xorijiy davlat rahbarlari bilan uçraşuvlarga oid qaydlarni bergan.
Manbaga köra, Boltonning “The Room Where It Happened” (“Hammasi sodir bölgan xona”) nomli kitobi uning Tramp prezidentligining birinçi muddatida milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi sifatidagi faoliyati haqida hikoya qiladi. Asarda Bolton Trampni prezidentlik lavozimiga munosib emas deb tariflagan va bu ikki tomon örtasida oçiq mojaroga sabab bölgan.
Biroq prokuratura 26 iyun kuni mazkur kitobda heç qanday maxfiy malumot çop etilmaganini malum qildi. Tergovçilar, şuningdek, Boltonning şaxsiy elektron poçtasi Eron bilan boğliq deb hisoblangan şaxs tomonidan buzilganini bildirgan. Prokuratura bu malumotni sudda yana bir bor tasdiqlagan.
Malumot uçun, Jon Bolton Trampning birinçi prezidentlik muddatida milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi lavozimida işlagan. Keyinçalik u Trampning eng taniqli siyosiy tanqidçilaridan biriga aylangan. U Tramp Adliya vazirligi tomonidan jinoiy taqib qilingan maşhur siyosiy raqiblardan biri hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, Boltonga nisbatan tergov Tramp 2025 yilda hokimiyatga qaytişidan avval boşlangan va uni karerasi davomida federal prokuraturada işlagan prokurorlar qöllab-quvvatlagan edi.