Trampga Grenlandiyani sotib oliş ğoyasini kim bergan?
16-01-2026, 11:36
84 марта

Trampga Grenlandiyani sotib oliş ğoyasini kim bergan?
AQŞ tomonidan Grenlandiyani sotib oliş ğoyasi dastlab Prezident Donald Trampga “Estée Lauder” kosmetika kompaniyasi merosxöri, tadbirkor Ronald Lauder tomonidan taklif qilingan. Bu haqda AQŞ milliy xavfsizlik böyiça sobiq maslahatçisi Jon Bolton “The Guardian” naşriga bergan intervyusida malum qildi.Boltonning sözlariga köra, Donald Trampga birinçi prezidentlik muddati davomida taniqli biznesmen AQŞ Grenlandiyani sotib oliş imkoniyatini körib çiqişi kerakligini aytgan.
Sobiq maslahatçi bu taklif muallifi Trampning qadimiy tanişi Ronald Lauder bölganini aniqlaştirgan.
Şundan söng, Boltonning takidlaşiça, Oq uyda AQŞning Arktikadagi tasirini kuçaytiriş yöllari muhokama qilingan. Jumladan, Daniyaga qaraşli hududlarda Amerika tasirini kengaytiriş masalalari ham körib çiqilgan. 2019 yilda esa Trampning Grenlandiyaga bölgan qiziqişi ommaga oşkor bölib, Daniya hukumatining keskin noroziligiga sabab bölgan.
Naşrning qayd etişiça, Lauderning qiziqişi uning oroldagi biznes loyihalari bilan ham boğliq. Malumotlarga köra, amerikalik investorlar, jumladan Lauder ham, Grenlandiyada içimlik suvi eksporti va gidroenergetika sohalarini rivojlantirişga sarmoya kiritgan.