USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Grenlandiyaga yevropalik harbiylar kela boşladi

184 марта
Grenlandiyaga yevropalik harbiylar kela boşladi

Dastlabki harbiy mutaxassislar guruhi oroldagi şaroitlarni közdan keçirib, bu hududda köproq harbiylar joylaştiriş va harbiy maşğulotlar ötkaziş imkoniyatlarini örganadi.
Foto: Reuters
Grenlandiya poytaxti Nuuk şahriga 15 kişidan iborat frantsuz harbiy kontingenti yetib keldi va Yevropaning yana bir qança davlatlari Daniya boşçiligidagi «Arktika bardoşi» razvedka operatsiyasi doirasida u yerga öz askarlarini yubormoqda. Bir kun avval Grenlandiya va Daniya vakillari Vaşingtonda AQŞ vakillari bilan uçraşgan, biroq dunyodagi eng katta orolning kelajagi böyiça kelişuvga erişilmagandi. Prezident Tramp qanday qilib bölmasin, orol ustidan AQŞ nazoratini örnatmoqçi va bu yölda kuç işlatişni istisno qilmayapti.
Allaqaçon Frantsiya, Şvetsiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Norvegiya uşbu qöşma maşğulotlarda qatnaşişi haqida malum qilgan, keyinroq ularning safiga Niderlandiya ham qöşildi.

Daniya taşqi işlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen çorşanba kuni Grenlandiyada ayni vaqtda 200 nafarga yaqin amerikalik askar borligini aytdi – bu sovuq uruş davridagidan ança kamroq. Orol aholisi 57 000 ming kişi atrofida.
Daniya mudofaa vaziri Troels Lund Poulsen orolda yevropalik harbiylar soni köproq bölişini taminlaş rejalaştirilayotganini aytdi. Yevropa harbiy kontingenti miqdorini qançaga yetkaziş haqida hozirça malum qilinmagan. Hozirça gap bor-yöği bir neça önlab harbiy xizmatçilar haqida ketmoqda va ular bu yerda qança vaqt qolişi nomalum. Nuuk şahriga A400M transport samolyotida 13 nafar askar yuborgan Germaniya öz harbiylari Grenlandiyada faqat şanba kunigaça qolişini malum qilgan.

Frantsiya Grenlandiyaga toğli hududlarda jangovar harakatlar olib borişga ixtisoslaşgan 15 ga yaqin mutaxassisni, Şvetsiya uç nafar ofitserni, Norvegiya ikki, Niderlandiya esa bir nafar flot ofitserini yuboradi. Buyuk Britaniyadan ham bir nafar ofitser ajratilgan.
Polşa boş vaziri Donald Tusk öz mamlakati Yevropaning Grenlandiyadagi harbiy maşğulotigga qöşilişni rejalaştirmayotganini aytdi, biroq AQŞning orol işlariga har qanday harbiy aralaşuvi «siyosiy falokatga aylanişi» haqida ogohlantirdi.

«NATO azosi hududining NATOning boşqa azosi tomonidan anneksiya qilinişiga uriniş yoki mojaro biz bilgan dunyoning – uzoq yillar davomida xavfsizligimizni taminlab kelgan dunyoning tugaşi böladi», – dedi u matbuot anjumanida.

Rossiyaning Belgiyadagi elçixonasi esa Arktikada sodir bölayotgan voqealardan «jiddiy xavotirda» ekanini bildirib, NATOni «Moskva va Pekin tahdidi kuçayib borayotganini bahona qilib», u yerdagi harbiy iştirokni kuçaytirişda aybladi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp strategik muhim nuqtada joylaşgan va foydali qazilmalarga boy bu orol AQŞ xavfsizligi uçun juda muhimligi va Amerika uni Rossiya yoki Xitoy egallab olmasligi uçun nazorat qilişi kerakligini aytib kelmoqda.

U Grenlandiyani sotib olişni taklif qilmoqda, ammo kuç bilan bosib oliş imkoniyatini ham istisno etmayapti. Grenlandiya va Daniya hukumatlari esa orol sotilmasligi, kuç bilan tahdid qiliş esa aqlga siğmasligini takidlamoqda. Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari Daniyani qöllab-quvvatladi. Ammo Tramp Daniya Rossiya va Xitoyning Arktikadagi tasiriga qarşi tura olmasligini rökaç qilmoqda.

«Muammo şundaki, agar Rossiya yoki Xitoy Grenlandiyani bosib olişni istasa, Daniya heç narsa qila olmaydi, biz esa hamma narsani qila olamiz. Siz buni ötgan hafta Venesuela bilan bölgan holatda bilib oldingiz», – dedi Tramp çorşanba kuni Oval kabinetda jurnalistlarga. U kuç işlatişni istisno qilmagan, lekin qandaydir yeçim topilişiga umid bildirgan.
Çorşanba kuni AQŞ, Daniya va Grenlandiya yuqori martabali vakillarining uçraşuvi bölib ötdi.
Daniya taşqi işlar vaziri Lars Lyokke Rasmussenning aytişiça, muzokaralar konstruktiv bölgan, biroq tomonlar örtasida «fundamental kelişmovçiliklar» saqlanib qolmoqda.

Reuters’ning qayd etişiça, ötgan yili Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy boşidan keçirganidek oşkora şarmandaliksiz ötgan bölsa-da, uçraşuvda bahsga yeçim topilmagan.
«Amerikaning Grenlandiyani bosib oliş ambitsiyalari öz kuçida qolmoqda», dedi Daniya boş vaziri Mette Frederiksen payşanba kuni Reuters uçun yozma izohida va u ham «fundamental kelişmovçiliklar»ni qayd etdi.
«Bu, albatta, jiddiy, şuning uçun biz bunday stsenariyning [orol amerikaliklar tomonidan egalanişining] oldini oliş uçun say-harakatlarni davom ettirmoqdamiz», – deb vada berdi u.

AQŞ va Daniya orol bilan boğliq keng kölamli masalalarni muhokama qiliş uçun işçi guruh tuzadi, dedi Daniya va Grenlandiya vakillari muzokaralardan söng.

Uçraşuvdan oldinroq Grenlandiya va Daniya NATO ittifoqçilari bilan yaqin hamkorlikda orol va uning atrofida harbiy iştirokni köpaytirişni boşlaganini malum qilgandi.

«Daniya qurolli kuçlari Yevropadagi ittifoqçilari bilan birgalikda yaqin haftalarda Arktikadagi harbiylarni joylaştiriş va maşğulotlar ötkaziş imkoniyatlarini örganadi», – deya malum qilgan Daniya mudofaa vazirligi.

Yevropalik harbiylarning Grenlandiyada bölişi AQŞ mamuriyati uçun ikki tomonlama manoga ega, deb hisoblaydi Daniya qirollik mudofaa kolleji tahlilçisi Mark Yakobsen.

«Birinçidan, tiyib turuvçi: agar siz harbiy yöl bilan harakat qilişga qaror qilsangiz, biz Grenlandiyani himoya qilişga tayyorligimizni körsatiş. Ikkinçidan, şuni bildiriş: biz sizning tanqidlaringizni jiddiy qabul qilamiz, iştirokimizni kuçaytiramiz, suverenitetimiz haqida qayğuramiz va Grenlandiyani kuzatişni yaxşilaymiz», – deya tuşuntirdi u Reuters’ga bergan izohida.
Frantsiyaning Arktika va Antarktika işlari böyiça elçisi Olive Puar d’Arvor France Info naşriga bergan izohida bu orqali AQŞga NATO mintaqada ekani va Yevropa ittifoqi uning xavfsizligini taminlaşga hissa qöşayotganini körsatiş rejalaştirilayotganini aytgan.
Britaniya hukumati vakillari Buyuk Britaniya prezident Trampning xavfsizlik masalalari böyiça xavotirlariga qöşilişi va kuçlarni joylaştiriş «Rossiya tajovuzkorligi va Xitoy faolligini tiyib turiş maqsadidagi jadal maşğulotlar ötkaziş»ni nazarda tutişini qayd etgan.
Birlaşgan Arktika qömondonligining Nuukdagi ştab-kvartirasi
Alessandro Rampazzo / AFP via Getty Image
Daniya taşqi işlar vaziri Rasmussen AQŞ vakillari bilan muzokaralardan söng AQŞning xavfsizlik masalalari böyiça xavotirlariga malum darajada qöşilişi, biroq ayni paytda Xitoy yoki Rossiya tomonidan Daniya va Grenlandiya doş bera olmaydigan «bevosita tahdid» yöqligini aytdi.

«AQŞ prezidentining maqsadlari – muhokama jarayonida, – dedi u Fox News’ga bergan izohida. – Albatta, bizning öz qizil çiziqlarimiz bor. Hozir 2026 yil: odamlar bilan savdo qiliş mumkin, lekin odamlarni savdo qilib bölmaydi».

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: