USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Grenlandiyani bosib oliş rejasini tayyorlaşni buyurdi — OAV

209 марта

Tramp Grenlandiyani bosib oliş rejasini tayyorlaşni buyurdi — OAV

Manba: kollaj / CBC
AQŞ prezidenti Donald Tramp maxsus kuçlar qömondonlariga Grenlandiyaga bostirib kiriş rejasini tuzişni buyurdi. Biroq yuqori martabali harbiylar bunga qarşilik körsatmoqda. Bu haqda The Daily Mail xabar berdi.

Manbalarga köra, prezident atrofidagi “loçinlar” — ularning boşida Trampning siyosiy maslahatçisi Stiven Miller turibdi — Venesuela rahbari Nikolas Maduroni qölga oliş böyiça operatsiya muvaffaqiyatidan ruhlanib, Rossiya yoki Xitoy Grenlandiya masalasida qadam taşlaşidan oldin orolni tezda egallaş tarafdori.


Britaniyalik diplomatlar Trampning bu taşabbusini AQŞdagi iqtisodiy holat fonida, 2026 yil oxirida bölib ötadigan oraliq saylovlar oldidan saylovçilar etiborini çalğitiş istagi bilan ham boğlamoqda. Uşbu saylovlardan söng demokratlar Kongress ustidan nazoratni qölga kiritişi mumkin.

Biroq Grenlandiya böyiça keskin qadam Trampni Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer bilan qarama-qarşilikka olib kelişi va NATOning amalda parçalanişiga sabab bölişi kutilmoqda.

Tramp Qöşma maxsus operatsiyalar qömondonligiga bosib oliş rejasini tayyorlaşni söragan. Ammo AQŞ qurolli kuçlari boş ştabi bunga qarşi çiqmoqda. Harbiylar bu reja noqonuniy ekani va Kongress tomonidan qöllab-quvvatlanmasligini takidlamoqda.

“Generallar Trampning etiborini boşqa kamroq bahsli variantlarga, masalan, Rossiyaning Ğarb sanktsiyalaridan qoçiş uçun foydalanilayotgan “soyadagi floti”ni töxtatiş yoki Eronga zarba beriş kabi masalalarga qaratişga urinmoqda”, deydi manbalardan biri.

​Diplomatlar Tramp kuç işlatiş yoki siyosiy bosim orqali Grenlandiyaning Daniya bilan aloqalarini uzişga urinişini “keskinlaşuv stsenariysi”deb baholagan. Diplomatik hujjatlarda bunday variant NATOning “içkaridan yemirilişi”ga olib kelişi mumkinligi qayd etilgan.

Bazi yevropalik amaldorlar Tramp atrofidagilarning asl maqsadi şu deb taxmin qilmoqda. Çunki Kongress NATOdan çiqib ketişga yöl qöymaydi. Grenlandiyani bosib oliş esa yevropaliklarni NATOdan çiqişga majbur qilişi mumkin.
“Agar Tramp NATOni tugatmoqçi bölsa, bu buni amalga oşirişning eng qulay usuli bölişi mumkin”, deyiladi xabarda

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: