AQŞ Fors körfazidagi bazalarini Isroilga köçirişi mumkin
AQŞ Fors körfazidagi ayrim harbiy bazalarini Isroilga köçiriş masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Malumotlarga köra, Vaşington Bahrayndagi harbiy bazasini qayta jihozlaşni hamda Quvayt va Saudiya Arabistonidagi harbiy iştirokini bosqiçma-bosqiç qisqartirişni muhokama qilmoqda. Rasmiylarning sözlariga köra, ayrim bazalar Isroil hududiga köçirilişi mumkin.
Joriy yilning 28 fevral kuni AQŞ va Isroilning Eronga qarşi harbiy amaliyoti boşlanganidan söng, Eron Fors körfazidagi AQŞ obektlariga javob zarbalarini bergan. Xususan, AQŞ Harbiy-dengiz kuçlarining Beşinçi floti joylaşgan Bahrayndagi harbiy baza fevral oxiridan iyun oyigaça bir neça bor hujumga uçragan. Baza Erondan atigi 240 kilometr uzoqlikda joylaşgani sababli hujumlar uçun eng zaif nuqtalardan biri hisoblanadi.
Hujumlar oqibatida qömondonlik ştabi, kazarma, bir neçta ombor va içimlik suvi saqlaş inşootiga jiddiy zarar yetgan. Ayrim malumotlarga köra, bazaga yetkazilgan zarar miqdori qariyb 400 million dollarni taşkil etadi. Pentagon esa hozirgaça talafot kölamini rasman tasdiqlamagan.
Bahrayndagi bazada AQŞ harbiylari orasida qurbonlar bölmagan. Biroq Eronning mintaqadagi zarbalari oqibatida jami 13 nafar amerikalik harbiy halok bölgan.
Mutaxassislar yetkazilgan zarar rasman elon qilinganidan ham köproq bölişi mumkinligini aytmoqda. Xususan, qiymati qariyb 20 million dollardan bölgan ikkita suniy yöldoş aloqa terminali ham yöq qilingani qayd etilgan.
Yetkazilgan zarardan söng AQŞ Bahrayndagi bazadagi qömondonlik markazlarini yer ostiga köçirmoqda. Şuningdek, vayron bölgan ayrim inşootlarni qayta tiklamaslikka qaror qilingani aytilmoqda. Bundan taşqari, Vaşington AQŞ va Isroil harbiy hamkorligini yanada çuqurlaştirişni nazarda tutuvçi yangi taşabbuslar ustida ham işlamoqda.
Şu bilan birga, ayni paytda AQŞda Eronga qarşi uruşga nisbatan jamoatçilik kayfiyati ham özgargan. Quinnipiac University ötkazgan sörovga köra, amerikalik saylovçilarning 60 foizi Eronga qarşi harbiy amaliyotni oqlamagan. Respondentlarning 61 foizi esa Eron baribir yadro qurolini yaratişi ehtimoli yuqori, deb hisoblaydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ va Eron Şveytsariyada ötkazilgan muzokaralarda 60 kun içida yakuniy tinçlik kelişuviga erişiş böyiça yöl xaritasini kelişib olgan edi.
Biroq, Amerika harbiylari Singapur bayroği ostida Hurmuz böğozi orqali suzib ketayotgan savdo kemasiga Tehron tomonidan uyuştirilgan hujumga javoban Eronga zarbalar berdi.