USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyada migrantlar uçun davlat bojlari oşiriladi

112 марта
Россияда мигрантлар учун давлат божлари оширилади

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin migratsiya sohasidagi qator davlat bojlari miqdorini oşiriş hamda yangi boj turlarini joriy etişni nazarda tutuvçi qonunni imzoladi. Bu haqdagi qonun hukumat portalida elon qilindi.

Hujjat federal byudjet daromadlarini köpaytiriş, şuningdek, ayrim toifadagi migrantlarga imtiyozlar berişni ham közda tutadi.

Qonunga köra, ilgari undirilmagan yangi davlat bojlari joriy etiladi. Xususan, yaşaş guvohnomasini almaştiriş uçun 6 ming rubl, vaqtinçalik yaşaş ruxsatnomasining dublikatini beriş uçun esa 5 ming rubl miqdorida boj tölanadi.

Şuningdek, bir neça marotaba çegarani kesib ötiş vizasini rasmiylaştiriş boji 1 920 rubldan 6 ming rublgaça, Rossiyaga kiriş taklifnomasini rasmiylaştiriş boji 960 rubldan 8 ming rublgaça, yaşaş guvohnomasini oliş boji esa 6 ming rubldan 30 ming rublgaça oşiriladi.

Bundan taşqari, vaqtinçalik yaşaş ruxsatnomasini rasmiylaştiriş boji 1 920 rubldan 15 ming rublgaça, talim oliş maqsadidagi vaqtinçalik yaşaş ruxsatnomasi boji 1 920 rubldan 8 ming rublgaça, xorijlik işçilarni jalb qiliş ruxsatnomasi boji har bir xodim uçun 12 ming rubldan 15 ming rublgaça, işlaş ruxsatnomasi boji esa 4 200 rubldan 5 ming rublgaça oşiriladi.

Rossiya fuqaroligini qabul qiliş yoki undan çiqiş boji 4 200 rubldan 50 ming rublgaça kötariladi. Rossiyaga kiriş yoki undan çiqiş vizasini beriş va uning amal qiliş muddatini uzaytiriş boji esa 1 200 rubldan 2 ming rublgaça oşiriladi.

Şu bilan birga, qonun ayrim toifadagi xorijliklar uçun imtiyozlarni ham nazarda tutadi. SSSR fuqarolari bölgan hamda Rossiyaning vatandoşlarni köçiriş davlat dasturida iştirok etayotgan şaxslar va ularning oila azolari Rossiya fuqaroligini oliş uçun davlat boji tölaşdan ozod etiladi.

Bundan taşqari, Rossiya Prezidenti farmoniga muvofiq mamlakat manfaatlariga xizmat qiluvçi şaxslar deb etirof etilgan xorijliklar va fuqaroligi bölmagan şaxslar, şuningdek ularning oila azolari vaqtinçalik yaşaş ruxsatnomasi yoki yaşaş guvohnomasini oliş uçun boj tölamaydi.

Uruş davrida Rossiya Qurolli kuçlari bilan xizmat şartnomasini imzolagan xorijliklar ham fuqarolikni qabul qiliş va yaşaş guvohnomasini rasmiylaştiriş bojlarini tölaşdan ozod qilinadi. Bundan taşqari, Rossiya fuqaroligi mavjudligi yoki mavjud emasligi faktini aniqlaş uçun davlat boji undirilmaydi.

Malum qilinişiça, qonun rasman elon qilinganidan bir oy ötib kuçga kiradi. Moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarga köra, bojlar oşirilişi natijasida federal byudjetga joriy yilda 7,915 milliard rubl, 2027 yildan boşlab esa har yili 15,83 milliard rubl qöşimça daromad tuşişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatdan çiqib ketgan fuqarolarga tegişli mol-mulkni vaqtinça xatlaş (yani foydalanişni çeklaş) imkonini beruvçi yangi qonunni imzolagan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: