Kiçik qişloq AES sabab katta şaharga aylanişi mumkin
Qozoğistonning birinçi atom elektr stantsiyasi qurilişi rejalaştirilgan Olmaota viloyatidagi Ulken qişloği kelajakda yirik aholi punktiga aylanişi mumkin. Bu haqda “Sedmoy kanal” xabar berdi.
Mutaxassislar hisob-kitobiga köra, hozirda qariyb 2 000 kişi istiqomat qilayotgan qişloq vaqt ötişi bilan aholisi 90 000 nafargaça yetadigan şaharga aylanişi mumkin. Sönggi yillarda hudud infratuzilmasini yaxşilaş böyiça bir qator işlar amalga oşirilgan. Jumladan, içki yöllar tamirlanib, zamonaviy tibbiy ambulatoriya foydalanişga topşirilgan. Şuningdek, Olmaota-Ostona avtomobil yölidan Ulken qişloğigaça bölgan yölni kapital tamirlaş ham möljallangan.
Quriliş davrida qariyb 10 000 nafar mutaxassis va işçi jalb etilişi, ularning 3 000 ga yaqini texnik yönalişdagi mutaxassislar bölişi rejalaştirilgan. AES işga tuşirilgaç esa 2000 ga yaqin kişi doimiy iş bilan taminlanadi.
Ulkenlik Gulnar Asanovaning aytişiça, loyiha qişloq hayotini yaxşilaşga xizmat qiladi. Uning fikriça, bugungi kunda elektr energiyasi barça sohalar uçun zarur bölib, ananaviy energiya manbalari çeklanganligi sababli yangi energiya manbalarini rivojlantiriş muhim ahamiyatga ega.
“Menimça, Ulken rivojlanadi, bu yerga yangi aholi köçib keladi va odamlar iş topadi. Şaxsan men bu jarayonga ijobiy qarayman va qişloğimiz yanada obod bölişiga işonaman. Böş turgan uylar tamirlanişini, bolalar uçun dam oliş va köngiloçar maskanlar barpo etilişini istardim. Menimça, qişloğimizning kelajagi porloq”, deydi yana bir qişloq aholisi Gulnoz Bozorboy qizi.
Eslatib ötamiz, Qozoğistonda ilk AES qurilişiga rasman 2025 yil, avgustda start berilgandi. Loyihaning umumiy qiymati 14-15 milliard dollarni taşkil etadi, stantsiyani 2035-2036 yillarda foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan.
Mumtozbegim Abdumöminova