USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Epşteyn işi: AQŞ sudi Trampga oid yaşirin hujjatlarni elon qilişni buyurdi

85 марта
Эпштейн иши: АҚШ суди Трампга оид яширин ҳужжатларни эълон қилишни буюрди

Joriy yilning 25 iyun kuni Federal sudya Amerika Adliya vazirligiga Jeffri Epşteyn işiga taalluqli ayrim hujjatlarning tahrir qilinmagan (yaşirilmagan) versiyalarini taqdim etiş majburiyatini yukladi. Idora buni 2 iyulgaça amalga oşirişi yoki nima sababdan uşbu malumotlarni sir saqlaşdan çiqara olmasligini tuşuntirişi kerak. Bu haqda ABC News xabar berdi.

“Adliya vazirligidan avval ham malum bölgan, ammo kamroq öçirilgan (yaşirilgan) hujjatlarni taqdim etiş talab qilindi – ilgari uşbu hujjatlardagi malumotlarning bir qismi, masalan, jabrlanuvçilarning şaxsini sir saqlaş maqsadida qora çiziqlar bilan berkitilgan edi. Sud esa ayrim elektron xatlarning jönatuvçisi va qabul qiluvçisini, şuningdek, ayblov xulosasi loyihasiga kiritilgan şeriklarning ism-şariflarini aniqlaş imkoni bölişi uçun uşbu tösiqlarning bir qismini olib taşlaşni söramoqda”, deyiladi xabarda.

Vazirlikka 2 iyulgaça muhlat berilgan. Uşbu sanaga qadar idora yo hujjatlarni elon qilişi, yoki “nima uçun qora çiziqlar olib taşlanmasligi kerakligini” tuşuntirişi lozim.

Qaror daxldor bölgan fayllar orasida Prezident Donald Trampni zöravonlikda ayblagan qizni söroq qiliş bayonnomalari ham bor. Adliya vazirligi uşbu söroqlarning bazilari haqida hisobotlarni elon qilgan, ammo bayonnomalarning özini çiqarmagan. Trampning özi bu ayblovlarni inkor etadi.

Boşqa elektron xatlar, xususan, voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilişga jalb etiş taxminlariga tegişli. Ularda “14–15 yoşli qizlar” muhokama qilingan, xatlardan birida esa şunday deyilgan: 

“U xuddi Nabokov asarlaridagi Lolitaga öxşaydi, mittigina ayol :) Şuning uçun endi sizga faqat şunday nomzodlarni yuborişim kerak”. 

Bu xat Epşteynga yuborilgan, ammo jönatuvçining ismi yaşirilgan.

Epşteyndan xat olgan ayrim şaxslarning poçta manzillari ham berkitilgan. Ulardan birida Epşteyn öz suhbatdoşiga: “Qayerdasan? Hammasi joyidami? Menga qiynoqlar aks etgan video yoqdi”, deb yozgan.

Adliya vazirligi avvalroq uşbu hujjatlarda federal hukumat tomonidan odatda elon qilinmaydigan, tekşirilmagan va tasdiqlanmagan davolar mavjudligini malum qilgan. Trampni zöravonlikda ayblagan qizning söroq qilinişi borasida esa, bu yozuvlarda Prezident haqida “asossiz va yolğon” davolar mavjudligi ilgari surilgan.

Eslatib ötamiz, ötgan yili Qöşma Ştatlarda “Epşteyn fayllarning şaffofligi töğrisida”gi qonun qabul qilingan edi. U Adliya vazirligiga moliyaçi işi böyiça materiallarni maxfiylikdan çiqariş majburiyatini yuklagan, biroq jabrlanuvçilar va ayblovçilarning şaxsini anonim qoldiriş imkoniyatini qoldirgan edi.

Şunga qaramay, ayrim fayllar dastlab heç qanday tahrirsiz elon qilib yuborilgan, şundan söng bir neça minglab hujjatlar va mediafayllar saytlardan olib taşlangan. Oqibatda jabrlanganlarning ayrimlari tahdidlar va taqiblarga duç kelgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: