Tramp mamuriyati Garvardni sudga berdi
15-02-2026, 12:51
71 марта

Tramp mamuriyati Garvardni sudga berdi
AQŞ Prezidenti Donald Trump mamuriyati Garvard universiteti ustidan sudga davo arizasi kiritdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.Mamuriyat universitetni federal tergov talablari bajarilmagani va talabalik qabulida irq omili inobatga olingan-olinmaganini aniqlaş imkonini beruvçi hujjatlarni taqdim etmagani uçun ayblamoqda.
AQŞ Adliya vazirligi bayonotida aytilişiça, Garvard zarur hujjatlarni taqdim etiş jarayonini bir neça bor çözgan. Qayd etilişiça, uşbu hujjatlar 2023 yilda AQŞ Oliy sudi çiqargan qarorga universitet rioya qilayotganini baholaşga yordam beradi. Mazkur qarorga köra, kollej va universitetlarga qabul jarayonida irq omilini hisobga oliş Konstitutsiyaga zid deb topilgan.
Şu bilan birga, Adliya vazirligi Garvardni diskriminatsion harakatlarda ayblamayotganini, şuningdek moliyaviy tovon yoki federal moliyalaştirişni bekor qilişni talab qilmayotganini bildirgan.
Joriy yil fevral boşida Donald Tramp mamuriyati Garvard siyosatiga oid tekşiruvlarni yakunlaş uçun universitetdan 1 milliard dollar talab qilayotganini malum qilgan. Biroq bu talab rad etilgan.
2025 yil aprelida esa AQŞ hukumati Garvard universitetiga xorijlik talabalarni qabul qilişni taqiqlaş bilan tahdid qilgan. Bunga sabab sifatida kampus hududida yahudiy talabalarga nisbatan taqib muammosini hal etiş böyiça yetarli çoralar körilmagani körsatilgan. Bu universitet Donald Tramp mamuriyati talablariga böysunmasligini bildirganidan söng yuz bergan. Trampning Garvard uçun ajratiladigan federal moliyalaştirişni muzlatiş böyiça urinişlari sudda qarşilikka uçragan va tomonlar hozirça kelişuvga erişa olmagan.