Pastdagilarga bölaveradi! Yevrokomissiya konditsioner sabab feodalizmda ayblandi
Yevropani qamrab olgan issiq tölqini paytida Yevropa Komissiyasining Bryusseldagi boş qarorgohida quyi qavatlardagi konditsionerlar öçirilib, yuqori lavozimli amaldorlar joylaşgan qavatlardagilari esa işlaşda davom etgani tanqidlarga sabab böldi. Bu haqda “Politico” naşri xabar berdi.
Naşrning Bryusseldagi manbasi malumotiga köra, Yevropa Komissiyasi xodimlariga yuborilgan xabarda favqulodda issiq ob-havo tufayli Berlaymont binosining 1-qavatidan 7-qavatigaça bölgan hududda sovitiş tizimi kunning qolgan qismi uçun majburiy ravişda öçirilgani aytilgan. Bu qarorga sovitiş tizimining ortiqça yuklanişi sabab qilib körsatilgan.
“Politico” naşriga ismini oşkor etmaslik şarti bilan gapirgan Yevropa Komissiyasi xodimlaridan biri yuqori qavatlarda, yani komissarlar va yuqori mansabdorlar işlaydigan joylarda konditsionerlar işlaşda davom etganini aytgan.
“Bu xuddi feodalizmga öxşaydi”, degan u.
Yana bir Yevropa Komissiyasi xodimi bu holatni “uyatli” deb baholagan. 8-qavatda işlaydigan uçinçi xodim esa konditsioner işlayotganiga qaramay, uning ofisida harorat 25,7 daraja bölganini malum qilgan.
Qayd etilişiça, 13 qavatli Berlaymont binosining 13-qavatida Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayenning iş kabineti joylaşgan. Şuningdek, Yevropa Komissiyasining 26 nafar komissari, boş direktorlar va boşqa yuqori lavozimli amaldorlarning aksariyat ofislari ham 8-qavat va undan yuqorida joylaşgan.
Malumot uçun, Belgiyada, Yevropa Ittifoqining asosiy institutlari binolari joylaşgan hududda, keça, 26 iyun kuni 2026 yilning eng yuqori harorati qayd etilgan. Belgiya Qirollik meteorologiya institutining malum qilişiça, Ukkeldagi rasmiy kuzatuv stantsiyasida havo harorati 35,3 darajaga yetgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq 1947 yildan buyon yuritib kelinayotgan meteorologik kuzatuvlar tarixida Frantsiyada 23, 24 va 25 iyun kunlari eng issiq uç kun sifatida qayd etilgan edi.