Yevropa yonmoqda: 100 millionga yaqin odam kuçli issiqdan aziyat çekmoqda
Yevropaning katta qismida ekstremal issiq havo kuzatilmoqda. Germaniyaning deyarli barça hududlarida rasmiy issiqlik ogohlantiruvlari elon qilingan. Frantsiya va Avstriyada esa yuqori harorat sabab xavfning eng yuqori darajasi joriy etildi. Bu haqda “Deutsçe Welle” xabar berdi.
Malum qilinişiça, 24 iyun kuni Yevropada kamida 94 million kişi kunduzi 35 darajadan yuqori harorat şaroitida yaşaydi. Ularning aksariyati Ispaniya va Frantsiya aholisi hisoblanadi.
Şuningdek, 350 milliondan ortiq odam yaşaydigan hududlarda havo harorati 30 darajadan oşib ketişi kutilmoqda. Bu Turkiya hisobga olinmagan holda Yevropa aholisining qariyb uçdan ikki qismiga teng.
Germaniyaning deyarli barça hududlarida bir neça kundan beri ekstremal issiqlik böyiça rasmiy ogohlantirişlar amal qilmoqda. Faqat Şlezvig-Golşteyn, Meklenburg – Old Pomeraniya va Brandenburg yerlarining ayrim hududlarigina bu röyxatga kirmagan.
Germaniya meteorologiya xizmati malumotiga köra, mamlakatning janubidan yanada issiq havo oqimi kirib kelmoqda. Bu esa janubiy-ğarbiy hududlarda kuçli issiqlikni yuzaga keltirib, asta-sekin şimolga ham tarqalmoqda.
Mamlakat şimolida havo harorati 27–34 daraja, boşqa hududlarda esa 32–39 daraja bölişi kutilmoqda. Köplab joylarda “tropik tunlar” kuzatilmoqda, yani keçasi harorat 20 darajadan pastga tuşmayapti.
Sinoptiklar prognoziga köra, 25–26 iyun kunlari Germaniyaning ğarbiy va janubiy-ğarbiy hududlarida harorat 41 darajagaça kötariladi. 27 iyun kuni esa mamlakatning deyarli barça hududlarida havo 35–41 darajagaça isişi mumkin. Meteorologlar iyun oyi böyiça yangi harorat rekordi örnatilişi ehtimolini ham istisno qilmayapti.
Frantsiyada kuçli issiqlik elektr taminotida muammolarni keltirib çiqardi. 24 iyun ertalab Bretan hududidagi 68 mingga yaqin xonadon elektrsiz qolgan. Bunga Erge-Gaberik kommunal hududida joylaşgan elektr podstantsiyasining öta qizib ketişi sabab bölgan. U yerda havo harorati 40 darajagaça kötarilgan.
Frantsiyada bir kun avval meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq kun qayd etilgan. Yaqin kunlarda ayrim hududlarda harorat 43 darajagaça yetişi mumkin.
Hozirda Frantsiyaning materik qismidagi 96 departamentdan 58 tasida issiqlik böyiça xavfning eng yuqori darajasi elon qilingan. Qolgan hududlarning aksariyatida esa ikkinçi darajali ogohlantiriş amal qilmoqda. Hukumat fuqarolarga imkoni bölsa uydan turib işlaşni tavsiya qilgan.
Avstriyada ham ekstremal issiqlik sabab eng yuqori darajadagi ogohlantiriş elon qilindi. Xususan, Vena, Lints, Grats va Klagenfurt şaharlari xavf hududiga kiritilgan. Avstriya davlat meteoxizmati malumotiga köra, Venada harorat 39 darajagaça, boşqa şaharlarda esa 37–38 darajagaça kötarilişi kutilmoqda.
Issiqlik tölqini Niderlandiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya kabi boşqa Yevropa davlatlariga ham tasir körsatmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiyada ikki kun davom etgan kuçli issiq havo oqibatida 18 kişi vafot etgani haqida xabar berilgandi.