Frantsiyada rekord darajadagi jazirama oqibatida 18 kişi halok böldi
Frantsiyada ikki kun davom etgan kuçli issiq havo oqibatida 18 kişi vafot etdi. 22 iyun kuni mamlakatning ayrim hududlarida havo harorati 40 darajadan oşib ketdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Agentlik xabariga köra, qurbonlar orasida ikki va tört yoşli ikki nafar bola ham bor. Ular yopiq avtomobil içida huşidan ketgan. Yana uç kişi – 80 yoşdan 95 yoşgaça bölgan fuqarolar issiq urişi oqibatida hayotdan köz yumgan. Qolgan 13 kişi esa çömiliş uçun xavfli joylarga kirib, çökib ketgan.
Bordo hududida harorat 41,9 darajaga yetib, ötgan yil avgustida qayd etilgan rekordni yangilagan. Frantsiyaning markaziy qismidagi Puate şahrida esa harorat 41,2 darajani taşkil etdi. Bu 1947 yilda örnatilgan avvalgi rekorddan yuqori körsatkiçdir.
Yangi harorat rekordlari Yevropaning boşqa davlatlarida ham qayd etildi. Ispaniyaning San-Sebastyan şahrida harorat 40 darajaga yetdi. “Reuters”ning Climate Monitor malumotlariga köra, bu körsatkiç 22 iyun uçun tarixiy örtaça haroratdan ikki baravardan köproq yuqori.
Buyuk Britaniya meteorologiya xizmati ayrim hududlarda hafta oxirigaça havo harorati 39 darajadan oşişi mumkinligini malum qildi. Bu 1957 va 1976 yillarda qayd etilgan 35,6 darajalik rekordning yangilanişiga olib kelişi mumkin.
Italiyada esa keça, 22 iyun kuni 12 şaharda jazirama sabab eng yuqori – qizil darajadagi xavf elon qilingan.
Belgiyada anomal issiq ob-havo yovvoyi quşlarga ham salbiy tasir körsatmoqda. Yovvoyi hayvonlarni reabilitatsiya qiliş markazi malumotiga köra, tomlar karnizi ostida uya quradigan köplab quşlar yuqori haroratdan zarar körgan. Sönggi uç kun içida Templu şahridagi boşpanaga 150 ta hayvon olib kelingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiyada anomal issiqlik yetti kişining ölimiga sabab bölgandi. Bir qator hududlarda harorat rekord darajaga kötarilgan, önlab odamlar şifoxonalarga yotqizilgan.