AQŞdagi migrantlarni saqlaş markazlarida 20 ga yaqin kişi vafot etdi
AQŞ hukumatining rasmiy malumotlariga köra, 2026 yilning dastlabki beş oyi davomida Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) tasarrufidagi migrantlarni saqlaş markazlarida 18 kişi vafot etgan. Bu haqda BMTning Inson huquqlari böyiça oliy komissari Folker Tyurk malum qildi.
Uning sözlariga köra, joriy yilning iyun oyida yana bir ölim holati haqida xabar kelib tuşgan. Taqqoslaş uçun, butun 2025 yil davomida 33 ta ölim holati qayd etilgan bölsa, 2024 yilda bu körsatkiç bor-yöği 11 tani taşkil etgan.
Oliy komissar odamlar ölimi holatlariga oid şaffoflik va aniqlikning yöqligi aybdorlarni javobgarlikka tortiş imkoniyatlariga putur yetkazayotganini takidlagan.
“Men ICE hibsxonalaridagi barça ölim holatlari böyiça tezkor, mustaqil, xolis va samarali tergov ötkazişga çaqiraman. Qonunni buzgan şaxslar javobgarlikka tortilişi, halok bölganlarning oilalari esa haqiqatni biliş, adolat, zararni qoplaş va kelajakda bunday holatlar takrorlanmasligi kafolatlanişi huquqiga ega bölişi kerak”, deydi Folker Tyurk.
Uning aytişiça, ölim holatlari sonining ortişi AQŞda immigratsiya tizimi doirasida hibsda saqlaş tizimining keng kölamda kengaytirilişi fonida yuz bermoqda. Hozirgi vaqtda ICE markazlarida 60 mingdan ortiq kişi saqlanmoqda, vaholanki 2025 yilning boşida ularning soni 40 mingga yaqin edi. 2026 yilning oxiriga borib rasmiylar tizim siğimini 90 ming kişigaça oşirişni rejalaştirmoqda.
Bayonotda qayd etilişiça, qölga olinganlar orasida butun boşli bolali oilalar, şuningdek, jiddiy kasalliklarga çalingan insonlar ham bor. Ular köpinça standartlarga javob bermaydigan şaroitlarda: zarur tibbiy xizmat va oziq-ovqatsiz saqlanmoqda. Şuningdek, haddan taşqari tiqilinç muassasalarda qölga olinganlar yuqumli kasalliklarni yuqtirib oliş xavfiga duç kelmoqda. Kuç işlatiş holatlari böyiça ham xavotirli xabarlar kelib tuşmoqda.
2026 yilda rasman qayd etilgan ölim holatlaridan beştasi öz joniga qasd qiliş deb tasniflangan. Folker Tyurk, şuningdek, bir kişilik kameralarda saqlaş çoralari qöllanilayotgani haqidagi xabarlardan xavotir bildirgan. Uning sözlariga köra, bunday çora faqat istisno hollarda qöllanilişi kerak, uning uzoq muddatli yoki muddatsiz işlatilişi esa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomalaga tenglaştirilişi mumkin.
Uning aytişiça, migrantlarni hibsga oliş faqat oxirgi çora sifatida qöllanilişi lozim va qoida tariqasida, oğir jismoniy yoki ruhiy kasalliklarga çalingan şaxslarga, şuningdek, homilador ayollarga nisbatan işlatilmasligi kerak. Migratsiya maqomi va ota-onasining maqomidan qati nazar, bolalar immigratsiya markazlariga joylaştirilmasligi şart.
Tyurk migrantlar va qoçqinlarni kamsitiş hamda ularni jinoyatçiga çiqariş harakatlari davom etayotganini keskin qoralagan.
Oliy komissar insonlarni öz huquqlari jiddiy ravişda buzilişi yoki orqaga qaytarib bölmaydigan boşqa zararlar xavf soluvçi mamlakatlarga majburan qaytarişga yöl qöyilmasligini yana bir bor eslatib ötgan.