«Bu – inson qöli bilan sodir etilayotgan fojia!..
24-05-2025, 15:53
117 марта
Sönggi bombardimonlarda kamida 60 nafar ğazolik halok bölgan. Isroil armiyasi Ğazo sektorida sodir etayotgan harakatlar genotsid va etnik tozalaşga aylandi, deb bayonot berdiYevropa kengaşi Parlament assambleyasi maxsus maruzaçisi Saskiya Klyuyt.
Maruzaçi Ğazo sektorida tinç aholi vakillari öldirilayotganini inson qöli bilan sodir etilayotgan fojia deb atagan.
«Ğazo sektoridagi falastinliklar tobora torayib borayotgan hududda qamalib qolgan. Ular bombardimon va hujumlardan yaşiriniş imkonidan mahrum. «Xavfsiz» deb atalgan hududlar ham aslida xavfsiz emas. Bularning bari hamda Isroil hukumati azolari Ğazo aholisi taqdiri haqida berayotgan bayonotlar uşbu harakatlar etnik tozalaş va genotsidga aylanganidan dalolat beradi», – degan Yevropa kengaşi Parlament assambleyasi maxsus maruzaçisi.
Ğazoni muttasil bombalayotgan Isroil armiyasi joriy yil 2 martdan buyon hududga insonparvarlik kömagi kirişini ham taqiqlagan.
«Zöravonlikning ilk qurbonlari bolalar bölmoqda. Ular oziq-ovqat, suv, tibbiy xizmat va boşpanadan mosuvo etilgan. Bolalarning yaşaş huquqi buzilmoqda», – degan Saskiya Klyuyt.
Yevropa kengaşi Parlament assambleyasi maxsus maruzaçisi Isroil hukumatidan tinç aholini öldirişni töxtatiş, hududga insonparvarlik kömagi kirişiga ruxsat beriş, xalqaro hamjamiyatdan esa Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş va xalqaro konventsiyalarga rioya etilişini taminlaşni talab qilgan.
BMT boş kotibi Antoniu Guterriş ham juma kuni Nyu-York şahrida jurnalistlar bilan uçraşuvda Ğazo aholisi ixtilofning eng maşaqqatli davrini boşdan keçirayotgani haqida gapirgan.
Isroil 80 kundan buyon Ğazoga insonparvarlik kömagi kirişiga tösqinlik qilayotganini tanqid qilgan Antoniu Guterriş butun aholi oçlik tahdidi ostida qolgani haqida bong urgan.
Qayd etilişiça, sönggi kunlarda Isroil 400 ta yuk maşinasida insonparvarlik kömagi olib ötişga ruxsat bergan, ammo şundan ham 115 tasi yetib borgan, xolos.
BMT boş kotibi ruxsat berilgan yuk kölamini mavjud talab-ehtiyoj qarşisida «dengizdan bir tomçi» deb baholagan.
Ğazo sektoriga suv, oziq-ovqat va dori-darmon kirişi butkul töxtatilgani gumanitar böhronni yanada oğirlaştirgan. Xalqaro taşkilotlar 2,3 mln aholi oçlik, taşnalik va turli xastaliklardan aziyat çekayotgani haqida bong urmoqda. Jumladan, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti boş direktori Adhanom Gebreyesus oziq-ovqat va dori-darmon Ğazo sektoridan bir neça daqiqalik masofada uşlab turilgani holda, ölim soni oşib borayotgani haqida bayonot bergan.
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron ham Ğazo sektorida gumanitar inqiroz çidab bölmas darajaga yetgan, deb hisoblaydi.