USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Profilaktika inspektorining kasbiy faoliyatiga aralaşiş taqiqlanadi

107 марта
Профилактика инспекторининг касбий фаолиятига аралашиш тақиқланади

Özbekistonda profilaktika inspektorining kasbiy faoliyatiga aralaşiş, unga taalluqli bölmagan topşiriqlar va asossiz yuklamalar beriş taqiqlanadi. Bu haqda bugun, 29 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevga taqdimot qilingan “Içki işlar organlari profilaktika inspektorining maqomi töğrisida”gi qonun loyihasida söz boradi.

Qayd etilişiça, bugungi kunda mamlakatdagi 9 mingga yaqin mahallada 10 mingdan ortiq profilaktika inspektori xizmat qilmoqda. Davlat rahbari bu katta kuç ekanini takidlab, jinoyatçilikni jilovlaşda, avvalo, profilaktika inspektori işini töğri taşkil qiliş zarurligini körsatib ötgan.

Amalda profilaktika inspektorlariga xos bölmagan 50 ga yaqin qöşimça vazifa yuklatilgani, ayrim hollarda ularning mahallama-mahalla yurib, jinoyatçilikni jilovlaş va aholi muammolarini hal etiş örniga boşqa işlar bilan band bölib qolayotgani qayd etilgan.

Şu munosabat bilan işlab çiqilgan “Içki işlar organlari profilaktika inspektorining maqomi töğrisida”gi qonun loyihasi töğrisida axborot berilgan. Unda profilaktika inspektorining huquqiy maqomi, vazifalari, huquqlari, majburiyatlari, kasbiy faoliyat kafolatlari, ijtimoiy-huquqiy himoyasi, rağbatlantiriş va javobgarlik çoralari aniq belgilanişi nazarda tutilgan.

Qonun loyihasiga köra, profilaktika inspektorining ustuvor maqsadi aholi işonçining yuqori darajasiga erişiş va xizmat hududida jinoyatçilikni jilovlaşdan iborat böladi. U xizmat hududida tergovga qadar tekşiruv va profilaktikani amalga oşiruvçi mansabdor şaxs hisoblanadi.

Profilaktika inspektoriga faqat qonun bilan belgilangan vazifalar yuklanadi. Uning huquqlari, şani, qadr-qimmati va işçanlik obrösi davlat himoyasi ostida böladi. 

Loyihaga köra, profilaktika inspektorining kasbiy faoliyatiga aralaşiş, unga taalluqli bölmagan topşiriqlar va asossiz yuklamalar beriş taqiqlanadi. 

Profilaktika inspektori huquqbuzarliklar profilaktikasi turini mustaqil ravişda tanlaydi, majburiy profilaktik körsatmalar beradi, taqdimnoma kiritadi va ijrosini talab qiladi, özining profilaktik tadbirlar uslubini işlab çiqadi hamda vakolati doirasida tegişli hujjatlarni rasmiylaştiradi.

Şu bilan birga, profilaktika inspektori zimmasiga içki işlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksiga qatiy rioya qiliş, huquqbuzarliklar töğrisida fuqarolarning har qanday şakldagi murojaatlarini qabul qiliş va tezkorlik bilan munosabat bildiriş, huquqbuzarlik sodir etilgan joyga darhol yetib keliş va tekşiriş, jabrlangan fuqarolarga birinçi tibbiy yoki boşqa turdagi yordam körsatiş kabi majburiyatlar yuklatiladi.

Qonun loyihasida profilaktika inspektorlarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi ham kuçaytirilmoqda. Hokimliklarga ularni xizmat xonasi va uy-joy bilan taminlaş majburiyati yuklatilişi, faoliyatiga tösqinlik qilganlik uçun mamuriy javobgarlik belgilanişi, uzoq yil xizmat qilgan xodimlar uçun pensiya taminoti böyiça qöşimça kafolatlar nazarda tutilmoqda.

Profilaktika inspektorlariga qöşimça vakolatlar ham berilişi rejalaştirilgan. Jumladan, ayrim mamuriy huquqbuzarliklar böyiça mamuriy jazo qöllaş vakolati kengaytiriladi, ayrim moddalar böyiça mamuriy ogohlantiriş jazosini qöllaş imkoniyati yaratiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda yöl-patrul, patrul-post va qöriqlaş xizmatlariga özaro qöşimça vakolatlar berilişi rejalaştirilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: