Germaniyada otişma oqibatida 5 kişi halok böldi
Bugun, 29 iyun kuni Germaniya şimolidagi Ştade şahrida joylaşgan yoşlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş muassasasida sodir bölgan otişma oqibatida 5 kişi halok böldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Politsiya malumotiga köra, Dankerştrasse köçasida joylaşgan yoşlar ijtimoiy taminoti muassasasi tarkibida homilador ayollar hamda bolali yoş onalar uçun vaqtinçalik turarjoy ham mavjud.
Politsiya ikki nafar gumonlanuvçini qölga olgan. Ulardan biri öq uzgan şaxs ekani taxmin qilinmoqda. Hozirda hodisaning sabablari va tafsilotlarini aniqlaş böyiça tergov işlari olib borilmoqda. Otişma oqibatida yana bir neça kişi jarohat olgan, biroq ularning aniq soni oçiqlanmagan.
Voqea joyi yaqinida yaşovçi Vitaliy Mertensning aytişiça, u otişma paytida öq ovozlarini eşitgan.
“Butun hudud darhol örab olindi. Politsiya meni bu yerdan ketişga majbur qildi”, degan u.
Huquq-tartibot idoralari hodisadan söng aholi uçun xavf mavjud emasligini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Kaliforniya ştati şimolidagi kutubxonada yuz bergan otişma oqibatida ikki kişi halok bölgan edi.