Baffett Epşteyn böyiça tekşiruv tugamagunça Geyts jamğarmasiga xayriyani keçiktirdi
Amerikalik milliarder va investor Uorren Baffett har yili yil örtasida amalga oşiradigan köp milliard dollarlik xayriyasini hozirça Bill va Melinda Geyts jamğarmasiga ötkazmaydi. Bu haqda “The Wall Street Journal” manbalarga tayanib xabar berdi.
Naşrning yozişiça, Baffett jamğarmaning jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epşteyn bilan aloqalari böyiça ötkazilayotgan mustaqil tekşiruv natijalarini kutişga qaror qilgan.
Qayd etilişiça, Geyts jamğarmasi boş direktori Mark Suzman jamğarmaning ötmişdagi Epşteyn bilan aloqalarini baholaş uçun mustaqil taşqi tekşiruv tayinlagan. Tekşiruv xulosalari joriy yoz mavsumida elon qilinişi kutilmoqda.
WSJ malumotiga köra, Baffett xayriya böyiça yakuniy qarorini yil oxiriga, ehtimol ananaviy “Şukronalik kuni” munosabati bilan yöllaydigan oçiq maktubi vaqtiga qadar keçiktirgan. 95 yoşli Uorren Baffett sönggi yigirma yil içida Berkşire Hathaway aktsiyalarining 47 milliard dollardan ortiq qismini Geyts jamğarmasiga xayriya qilgan.
Malumot uçun, Geyts jamğarmasi raisi Bill Geytsning Epşteyn bilan munosabatlari sönggi vaqtlarda keskin muhokamalarga sabab bölmoqda. Microsoft korporatsiyasi hammuassisi Bill Geytsning obrösi Adliya vazirligi Epşteynga oid hujjatlarni elon qilganidan keyin jiddiy zarar kördi.
70 yoşli Geytsga nisbatan heç qanday jinoiy ayblov qöyilmagan.
U bir neça bor Epşteyn bilan aloqada bölganidan afsusda ekanini bildirgan hamda Epşteynning jinsiy zöravonlik qurbonlari bilan vaqt ötkazganini rad etgan. Şuningdek, u Epşteyn tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlarga şaxsan guvoh bölmaganini takidlab keladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Microsoft asosçisi Bill Geyts AQŞ Kongressi azolariga jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epşteyn uni nikohdan taşqari munosabatlari orqali şantaj qilişga uringanini aytgan edi.