USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Epşteyn nikohiz munosabatlarim orqali şantaj qilişga uringan – Bill Geyts

55 марта
Эпштейн никоҳиз муносабатларим орқали шантаж қилишга уринган – Билл Гейтс

Microsoft asosçisi Bill Geyts AQŞ Kongressi azolariga marhum moliyaçi va jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epşteyn uni nikohdan taşqari munosabatlari orqali şantaj qilişga uringanini aytdi. Bu haqda Kongress qömitasi tomonidan elon qilingan körsatma stenogrammasida söz boradi.

Avvalroq, texnologiya sohasidagi tadbirkor 10 iyun kuni Vakolatlar palatasining nazorat qömitasi oldida yopiq eşiklar ortida körsatma bergandi. Suhbat asosan uning 2019 yilda jinsiy jinoyatlar böyiça sud jarayonini kutayotgan vaqtda qamoqxonada vafot etgan Epşteyn bilan munosabatlari haqida bölgan.

Joriy yilning 23 iyun kuni qömita tomonidan oşkor qilingan stenogrammaga köra, Geyts Epşteynning “niqoblangan” tahdidlari haqida gapirgan. Uning aytişiça, Epşteyn Geytsning nikohdan taşqari munosabatlari haqidagi malumotlardan foydalanib, uni öz tasir doirasida uşlab qolişni rejalaştirgan. Bu vaqtda Geyts allaqaçon Epşteyndan uzoqlaşa boşlagan edi.

“Men şantaj qilinmadim, ammo bu elektron xatlarga qarasangiz, janob Epşteynning fikrlaş jarayoni aynan şu tomonga ketganini köriş mumkin”, degan Geyts.

Microsoft asosçisi bu yerda AQŞ Adliya vazirligi tomonidan yanvar oyida elon qilingan Epşteyn işiga oid hujjatlarni nazarda tutgan. U qöşimça savollarga javob berar ekan, Epşteyn heç qaçon unga töğridan töğri şantaj sifatida baholanişi mumkin bölgan xabar yubormaganini takidlagan.

“U menga şantaj deb ataş mumkin bölgan heç qanday xabar yubormagan”, degan u.

Biroq Geytsning fikriça, Epşteyn ayrim elektron xatlar loyihalari orqali uni qanday qilib şantaj qiliş mumkinligini maşq qilayotgandek köringan.

“U göyo özi yoki boşqa birovni menga nisbatan qanday qilib şantaj qiliş mumkinligiga tayyorlayotgandek edi. Ammo bu xabarlarning heç biri menga yuborilmagan”, degan Geyts.

 

Epşteynning jinoyatlari haqida bilmaganman – Geyts

70 yoşli milliarder körsatma beriş kuni oçiliş bayonotini ham elon qilgan. Unda u Epşteynning jinoiy xatti-harakatlaridan xabardor bölmaganini va “heç qaçon heç kimga jabr yetkazmaganini” bildirgan.

Fevral oyi oxirida Geyts “The Wall Street Journal” naşriga bergan intervyusida Epşteyn bilan aloqalarini katta xato deb atagan. Şuningdek, u ikki nafar rossiyalik ayol bilan nikohdan taşqari munosabatlarda bölganini tan olgan, ammo Epşteynning faoliyatiga heç qanday aloqasi bölmaganini aytgan.

Geytsning sözlariga köra, uning Epşteyn bilan munosabatlari 2011 yilda boşlangan. Bu Epşteyn voyaga yetmagan qizlar bilan boğliq fohişalik ayblovlari böyiça aybini tan olganidan uç yil keyingi davrga töğri keladi. U Epşteynning huquqiy muammolaridan xabardor bölganini ham tan olgan. Biroq unga Epşteyn global soğliqni saqlaş loyihalari uçun milliardlab dollar jalb qila oladigan inson sifatida taniştirilgan.

“Men bu hukm jinsiy xarakterga ega ekanini bilardim. Ammo tafsilotlarni çuqur örganmaganman. Balki şunday qilişim kerak edi”, degan Geyts.

Qayd etilişiça, hujjatlarda şaxsning nomi tilga olinganining özi uning qonunbuzarlikka aloqadorligini anglatmaydi. Biroq Epşteyn işiga oid materiallar kamida jinsiy jinoyatçi va uning atrofidagi şaxslar bilan ayrim maşhur jamoat arboblari örtasida muayyan aloqalar mavjud bölganini körsatadi. Bu şaxslarning bazilari keyinçalik bunday munosabatlarni kamsitib körsatgan yoki umuman inkor etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq yoş qizlar qanday qilib Epşteynning çangaliga tuşgani haqida xabar berilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: