Yangi faktlar oçildi: Epşteynning özbekistonlik qurboni bayonot berdi
15-05-2026, 12:00
850 марта

Yangi faktlar oçildi: Epşteynning özbekistonlik qurboni bayonot berdi
Marhum moliyaçi Jeffri Epşteynning jinoyatlaridan omon qolgan va Roza ismi ostida sözga çiqqan özbekistonlik qurbon ilk bor AQŞ Kongressidagi tinglovlarda moliyaçi uy qamoği davrida sodir etgan zörlaşlar haqida ommaviy ravişda sözlab berdi. Vakillar palatasining Nazorat qömitasidagi demokratlar uşbu tadbirni Florida ştatining Uest-Palm-Biç şahrida ötkazgan. Uning nutqi haqida Amerika OAVlari xabar berdi.Rozaning aytişiça, u 2008 yilda 18 yoşida modellar böyiça agent Jan-Lyuk Bryunel bilan tanişgan. Bryunel unga modellik karerasini vada qilgan va keyinroq Epşteyn bilan taniştirgan. Ayol 2009 yilda, AQŞda bölib turgan vaqtida moliyaçi uy qamoğini ötayotgan Uest-Palm-Biçdagi uyida u bilan uçraşgan.
Tinglovlarda Roza Epşteyn unga iş taklif qilganini, söngra zöravonlik qila boşlaganini aytgan. Jabrlanuvçining sözlariga köra, bu holat uç yil davom etgan.
Avvalroq, Jeffri Epşteyndan jabr körgan 11 kişining manfaatlarini himoya qiluvçi advokat Arik Fudali AQŞ Adliya vazirligi Epşteyn tomonidan jinsiy ekspluatatsiya qilingan özbekistonlik ayolning şaxsini oçiqlab qöyganini malum qilgan. Uning sözlariga köra, “Epşteyn fayllari”da ayolning ismi 538 marta tilga olingan – “bu xatolarning haddan taşqari köpligidan dalolat”. Fudali öz firmasi jabrlanuvçining ismini Adliya vazirligiga oldindan taqdim etganini takidlamoqda.
Rozaning sözlariga köra, 2009 yil may oyiga kelib u Nyu-Yorkda viza bilan bölgan, iyul oyida esa Epşteyn uy qamoğida bölgan vaqtda uning Uest-Palm-Biçdagi uyida uçraşgan. Keyinçalik Epşteyn unga özining Florida Science Foundation taşkilotida iş taklif qilgan. Bu taşkilot Epşteynga 2008 yildagi hukmdan söng, dastlabki kelişuvga köra, haftasiga olti kun, kuniga 16 soatgaça hibsxonani tark etişga ruxsat berilgan doirada işlaşi uçun xizmat qilgan.
“Bir kuni uning massajçisi meni Epşteynning xonasiga çaqirdi va u yerda birinçi marta Jeffri tomonidan şilqimlikka duç keldim. Keyingi uç yil davomida men tizimli ravişda zörlab kelindim”, deydi Roza tinglovda.Şuningdek, u AQŞ Adliya vazirligi (DOJ) tomonidan elon qilingan Epşteyn işi böyiça materiallarda uning ismi tasodifan oçiqlanganidan keyin takroriy ruhiy jarohatni boşdan keçirganini aytgan.
“Boy va qudratli şaxslar hujjatlarni tahrir qiliş (yaşiriş) orqali himoyalangan bir paytda, mening ismim oçiq qoldi. Endi menga butun dunyodan jurnalistlar qönğiroq qilişmoqda. Men doim ortimga xavotir bilan qarab yaşaşga majburman. Bu “xato” hayotim uçun qanday uzoq muddatli salbiy oqibatlarga olib kelişini faqat tasavvur qila olaman xolos”, deydi u.Adliya vazirligi avvalroq “jabrlanuvçilarni himoya qilişga juda jiddiy yondaşişini” va hujjatlar notöğri tahrirlangani sababli şaxslari oçiqlangan jabrlanuvçilar xabar berganidan söng, saytdan Epşteynga tegişli bir qator materiallarni olib taşlaganini bildirgan. Vazirlik xatolar “texnik yoki inson omili” sababli yuz berganini qayd etgan.
Kongressmen Robert Garsiya tinglovlar aynan Floridada – Epşteynning jinoyatlari “ilk bor malum bölgan joyda” ötkazilganini aytgan. Demokratlar Epşteynga yillar davomida javobgarlikdan qoçiş imkonini bergan Amerika adliya tizimiga nisbatan savollar hamon oçiq qolayotganini takidlagan.
Tinglov davomida Epşteynning yana bir qurboni – Mariya Farmer ham sözga çiqqan. U ilk bor 1996 yilda jinoyatlar haqida xabar berganini, ammo öşanda huquq-tartibot idoralari heç qanday çora körmaganini aytgan.
Malumot uçun, Jeffri Epşteyn 2019 yilda odam savdosi va ekspluatatsiya ayblovi böyiça sudni kutayotgan vaqtida Nyu-York qamoqxonasida vafot etgan edi.