USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Masuliyatdan qörqsangiz lavozimingizni böşatib qöying – Japarov mulozimlarga

112 марта
Масъулиятдан қўрқсангиз лавозимингизни бўшатиб қўйинг – Жапаров мулозимларга

Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov davlat va munitsipal xizmatçilar faoliyatini keskin tanqid qilib, masuliyatni öz zimmasiga olişdan va qaror qabul qilişdan qörqadigan rahbarlar öz lavozimlarini işlaşga tayyor bölganlarga böşatib berişlari kerakligini aytdi. Bu haqda u bugun, 30 iyun kuni Prezidentning viloyatlardagi muxtor vakillari, Bişkek va Öş şaharlari merlari, şuningdek, huquq-tartibot va sud organlari rahbarlari iştirokida bölib ötgan respublika kengaşida söz oçdi. 

“Agar siz masuliyatni öz zimmangizga olişdan yoki qaror qabul qilişdan qörqsangiz, unda lavozimlaringizni buni qilişga tayyor bölganlarga böşatib berişingiz kerak”, deydi Japarov.

U mulozimlar faqat hududlar rivojlanişining umumiy körsatkiçlari bilan hisobot berişni töxtatib, aholini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarni hal qilişga etibor qaratişlari lozimligini qayd etgan. 

“Bundan buyon viloyatning faqat umumiy yutuqlari bilan maqtaniş kerak emas. Faqat joylardagi köp yillik muammolar hal etilgani, hudud rivojlanayotgani, aholi hokimiyatni qöllab-quvvatlayotgani va uning işidan rozi ekanligi bilangina faxrlaniş kerak”, deydi u.

Qirğiziston rahbarining sözlariga köra, fuqarolarning talablari haddan taşqari yuqori emas.

“Heç kim osmondagi yulduzni olib berişni talab qilayotgani yöq. Oddiy odamlar faqat bir narsani – qonun işlaşini, davlat xizmatçilari esa masuliyat bilan, töğri, aniq va öz vaqtida harakat qilişini xohlaydi”, deydi Qirğiziston Prezidenti.

U fuqarolar hokimiyatdan qonuniy, adolatli va öz vaqtida qabul qilingan qarorlarni kutayotganini, davlat xizmatining boş vazifasi ham aynan şundan iborat bölişi kerakligini qayd etgan.

“Agar har biringiz uşbu tamoyilga amal qilsangiz, xalqning davlatga bölgan işonçi yanada mustahkamlanadi”, deydi Sadir Japarov. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Sadir Japarov yaqinlari, xususan kiçik öğli Nurdavlatning davlat işi, umuman, siyosat bilan şuğullanmasligini aytgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: