USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putin eski safdoşining janozasida iştirok etdi

264 марта
Путин эски сафдошининг жанозасида иштирок этди

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin sobiq mudofaa vaziri va prezidentning maxsus vakili Sergey Ivanov bilan vidolaşuv marosimida iştirok etdi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov malum qildi.

Uning sözlariga köra, davlat rahbari Moskvadagi Markaziy klinik şifoxonaga borib, marhum xotirasiga gulçambar qöygan hamda uning oila azolari bilan qisqaça suhbatlaşgan.

Avvalroq xabar berilganidek, Sergey Ivanov 26 iyun kuni 73 yoşida vafot etgandi. Manbalarning bildirişiça, u bugun, 30 iyun kuni Moskvadagi Troyekurovo qabristoniga dafn etiladi.

Malumot uçun, Sergey Ivanov mehnat faoliyatini 1976 yilda Leningrad SSSR Davlat xavfsizlik qömitasi (KGB) boşqarmasida tezkor vakil sifatida boşlagan. Keyinçalik u Rossiya Taşqi razvedka xizmatida rahbarlik lavozimlarigaça kötarilgan. 2001 yil mart oyida u Rossiya tarixida ilk bor harbiy sohadan bölmagan şaxs sifatida mudofaa vaziri etib tayinlangan. Bu lavozimda u Igor Sergeyevning örnini egallagan.

Ivanov rahbarligi davrida Qurolli kuçlarni isloh qiliş jarayoni boşlangan. Jumladan, majburiy harbiy xizmat muddati ikki yildan bir yilga qisqartirilgan. Şuningdek, u harbiy xizmatdan ozod qiliş imtiyozlarini qisqartiriş tarafdori sifatida ham tanilgan.

2005 yil noyabr oyidan boşlab Sergey Ivanov bir vaqtning özida mudofaa vaziri va boş vazir örinbosari vazifalarini bajarib, harbiy-sanoat majmuasi hamda innovatsiyalar sohasini nazorat qilgan. 2011 yil dekabr oyida u Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbari etib tayinlangan va Dmitriy Medvedevning prezidentlik muddati yakunlanganidan keyin ham uşbu lavozimda faoliyatini davom ettirgan.

2016 yilda Vladimir Putin uni tabiatni muhofaza qiliş, ekologiya va transport masalalari böyiça prezidentning maxsus vakili etib tayinladi. 2026 yil fevral oyida u öz xohişiga köra mazkur lavozimni tark etgandi. Şu vaqtgaça u Rossiya Xavfsizlik kengaşi azosi ham bölib kelgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: